O‘zbekistonlik jangchilar Asian Fight – 2017ga qanday tayyorlanishmoqda

© Facebook / XFNBoyes smeshannix yedinoborstv iz Uzbekistana Maxmud Muradov
Boyes smeshannix yedinoborstv iz Uzbekistana Maxmud Muradov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu xalqaro sport turniri 9-sentabr kuni Toshkentning “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 12-avgust — Sputnik. “ASIAN FIGHT — 2017” turnirining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘zbek jangchilarining musobaqaga tayyorgarlik jarayonlari aks etgan videolavhalar joylashtirildi.

Ushbu xalqaro sport turniri 9-sentabr kuni Toshkentning “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Shu kuni ringga chiqadigan Anvar Boynazarov, Mahmud Murodov, Hasanxon Baratov, Muhammadali Toshturg‘unov, Furqatbek Yoqubov, Jasur Mirzamuhamedovlar O‘zbekiston sharafini himoya qilishadi.

Mashhur kinoaktor Jan Klod Van Damm, qoidasiz janglar kurashchilari Jeff Monson va Fodor Yemelyanenkolar mehmon sifatida taklif etilishgan.

Yangiliklar lentasi
0