"Asian Fight-2017" chiptalari sotuvga chiqdi - narxi 50 mingdan 300 ming so‘mgacha

Obuna bo‘lish
Qo‘shni davlatlar, xususan sportchilari ishtirok etayotgan Qozog‘iston va Qirg‘izistondan bir necha ming chiptaga buyurtma qilingan

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. 9 sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan "Asian Fight — 2017" xalqaro turniri chiptalari sotuvga chiqdi, deb xabar bermoqda championat.asia.

Jan-Klod van Damm vo vremya provedeniya turnira po miks-faytu - Sputnik O‘zbekiston
Van Damm va Jeff Monson O‘zbekistonga kelishlarini tasdiqlashdi

Xabarda aytilishicha, chiptalar joy va sektoriga qarab 50 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha.

Turnirga qiziqish yuqori darajada bo‘lib, qo‘shni davlatlar, xususan sportchilari ishtirok etayotgan Qozog‘iston va Qirg‘izistondan bir necha ming chiptaga buyurtma qilingan. Turistik kompaniyalar buning uchun alohida turpaketlar e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur xalqaro turnirda O‘zbekistondan 8 nafar sportchi qatnashadi. Turnir mehmonlari sifatida kino yulduzi Jan Klod van Damm va aralash janglar ustasi Jeff Monson taklif etilgan.

Yangiliklar lentasi
0