07:04 23 Noyabr 2017
Efir
Oksana Chusovitina na turnire v Meksike

Oksana Chusovitina olimpiadada sakkizinchi bor qatnashishga tayyorlanmoqda

© NOK Uzbekistana
Sport
Havola olish
24200

Bugungi kunda jahonning uch marta chempioni va Yevropa chempioni boʻlgan Oksana Chusovitina yettita Olimpiadada qatnashgan gimnastika tarixidagi yagona sportchi hisoblanadi

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Oʻzbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina sakkizinchi bor Olimpiadada ishtirok etib oʻz rekordini yangilamoqchi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, 42 yoshli sportchi tayyorgarlikni boshlab yuborgan. U buning uchun 27 sentyabrdan 9 oktyabrgacha Monreal (Kanada)da boʻlib oʻtadigan sport gimnastikasi boʻyicha jahon chempionatida qatnashishni moʻljallamoqda.

"Ushbu jahon chempionatida qatnashaman, chunki Tokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiadaga tayyorlanishga qaror qildim. Ushbu maqsadimga qadamba-qadam erishaman. Bu mening orzum va uni amalga oshirishni istayman. Hech qachon afsuslanmaslik uchun bunga urinib koʻrmoqchiman", — degan Chusovitina.

Bugungi kunda jahonning uch marta chempioni va Yevropa chempioni boʻlgan Oksana Chusovitina yettita Olimpiadada qatnashgan gimnastika tarixidagi yagona sportchi hisoblanadi. U oʻtgan yili Rio Olimpiadasida ishtirok etganida 41 yoshu 56 kunlik edi. U Olimpiadalarda qatnashgan eng yoshi ulugʻ gimnastikachi sifatida ham rekordga erishgan.

Asosiy mavzular