04:45 24 Sentyabr 2017
Efir
Glava Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev v den prazdnovaniya 70-letiya prezidenta Federatsii futbola Uzbekistana Mirabrora Usmanova ukazom ot 4 iyulya nagradil ordenom Dustlik

Mirabror Usmonov terma jamoani JChga olib chiqishga vaʼda bermaganligini aytdi

© Federatsiya futbola Uzbekistana
Sport
Havola olish
172103

Usmonov OʻFFning yangi rahbariyatiga omad tilash barobarida, tanqidlar haqida oʻz fikrini bildirgan.

TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Oʻzbekiston futbol federatsiyasi sobiq prezidenti Mirabror Usmonov OʻFF hisobot-konferentsiyasida soʻzga chiqdi, deb yozadi uff.uz.
Mirabror Usmonov maʼruzasida Oʻzbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqishga vaʼda bermaganligini aytgan.

"Men 2006 yilda kelganimda aytgan edim: "Mendan hech narsa kutmanglar. Mendan jahon chempionatiga olib chiqishni soʻramanglar. Buni vaʼda bera olmayman. Sakkiz, oʻn yildan soʻng jahon chempionatiga chiqib, nimadir koʻrsatishimiz mumkin. Bizda poydevor yoʻq", degan edim", degan u.

Usmonov OʻFFning yangi rahbariyatiga omad tilash barobarida, tanqidlar haqida oʻz fikrini bildirgan.

"Mana hozir OʻFFga yangi rahbar saylandi. Ularga katta omad tilayman. Duo qilamiz, oʻz oldiga qoʻyilgan maqsadga erishsin. Yangi rahbariyatga maslahatim — hech qachon tanqiddan qochmanglar. Ishlamagan odamni birov esga ham olmaydi, tanqid ham qilmaydi.

Ammo tanqid ham har xil boʻladi. Yuzta tanqid boʻlsa, shundan 20 tasi toʻgʻri boʻladi. Mana shu yerda jurnalistlarimiz ham oʻtiribdi. Ular vaqtida bizni tergab turishdi, oʻz fikrlarini berishdi. Biz ularga eʼtibor berdik. Demak sportning rivojlanishida jurnalistlar va muxlislarning ham katta xizmati bor. Shuning uchun tanqid yaxshi narsa. Undan qochmaslik va unga eʼtibor berish kerak", degan Usmonov.

OʻFFning sobiq prezidenti armon bilan ketayotganligini maʼlum qilgan.

"Albatta har bir odamning oʻziga yarasha armoni boʻladi. Men ham bir armon bilan ketyapman. Shu jahon chempionatiga chiqsak ham yomon boʻlmas edi. Oʻylaymanki keyingi 4 yilda albatta Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqadi va u yerga borganda bizni uyaltirib qoʻymaydi", deya fikr bildirgan Mirabror Usmonov.

Eslatib oʻtamiz, bugun Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasining hisobot va saylov konferentsiyasi boʻlib oʻtdi. Unda shu kunga qadar Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi Raisi oʻrinbosari va "Paxtakor" klubi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasining yangi prezidenti sifatida eʼlon qilindi.

Asosiy mavzular