08:47 23 Noyabr 2017
Efir
FIFA prezidenti Janni Infantino

FIFA prezidenti Umid Ahmadjonovga tabrik yoʻlladi

© Sputnik/ Aleksandr Vilf
Sport
Havola olish
230 0 0

Futbol va uning boshqaruvini muhokama qilishni istasangiz, FIFA eshiklari Siz uchun doimo ochiq boʻladi, deb yozgan oʻz tabrik maktubida Janni Infantino

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. FIFA prezidenti Janni Infantino 12 sentyabr kuni OʻFF prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonovga tabrik yoʻlladi, deb xabar berdi "Uzreport".

"Hurmati Umid Ahmadjonov! Sizni 2017-2021 yillar uchun Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti etib saylanganingiz bilan chin yurakdan tabriklayman va eng ezgu tilaklarni bildiraman. Sizning chuqur bilimingiz hamda "Paxtakor" FK vitse-prezidenti, Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti kabi lavozimlarda ishlab toʻplagan koʻp yillik tajribangiz mamlakatingizda futbolning barqaror rivojiga hissa qoʻshishiga ishonaman.

Oldingizga qoʻygan maqsadlarga erishish yoʻlida men va FIFAning daldasiga tayanishingiz mumkin. Futbol va uning boshqaruvini muhokama qilishni istasangiz, FIFA eshiklari Siz uchun doimo ochiq boʻladi. Sizni Syurix (Shveysariya)ga tez orada taklif qilishdan va FIFA tizimi bilan tanishtirishdan mamnun boʻlaman. FIFA vakillari Siz bilan shu kunlarda bogʻlanib, tashrif vaqtini muhokama qiladi.

Shu oʻrinda, Siz bilan birgalikda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari etib saylangan hamkasblaringizga tabriklarimni yetkazib qoʻyishingizni soʻrayman. Sizga omad, kuch va muvaffaqiyat tilagan holda tez orada uchrashib, tabrigimni shaxsan yetkazishga umid qilib qolaman", — deyiladi FIFA prezidentining tabrigida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq OFK prezidenti Salmon bin Ibrohim al-Halifa Umid Ahmadjonovni Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti etib saylagani bilan tabriklagan edi.

Asosiy mavzular