08:48 23 Noyabr 2017
Efir
Sbornaya Uzbekistana po futbolu proigrala sbornoy Kitaya so schetom 0:1

Oʻzbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 5 pogʻona pastga tushdi

STR / AFP
Sport
Havola olish
187 0 0

Terma jamoa birdaniga 5 pogʻonaga pastlab, 69-oʻrindan joy oldi

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi birdaniga 5 pogʻonaga pastlab, 69-oʻrindan joy oldi.

Reytingda Germaniya birinchi oʻringa koʻtarilib oldi, Braziliya esa ikkinchi oʻringa tushdi. peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Portugaliya uchinchi, Argentina toʻrtinchi oʻringa joylashdi.

Eslatib oʻtamiz, Samvel Babayan boshchiligidagi Oʻzbekiston terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionati final bosqichiga chiqish imkoniyatidan butkul mahrum boʻldi. Soʻnggi saralash bosqichida Oʻzbekiston guruhda 4-oʻrinni egalladi.

Shundan soʻng terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan isteʼfoga chiqarildi.

Oʻzbekiston futbol federatsiyasi sobiq prezidenti Mirabror Usmonov oʻrniga esa Umid Ahmadjonov federatsiya prezidenti etib saylandi.

Asosiy mavzular