03:38 15 Dekabr 2017
Efir
Prezident Federatsii futbola Uzbekistana Umid Axmadjanov

Federatsiyaning 90 foiz xodimi almashadi - OʻFF prezidenti

Federatsiya futbola Uzbekistana
Sport
Havola olish
89720

Umid Ahmadjonov Oliy liga saviyasini koʻtarish, Tokio yoʻllanmasini qoʻlga kiritish va 2022 yilgi JChda ishtirok etish, bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish hamda muxlislarning stadionga kelishi uchun zarur sharoitni yaratib berish asosiy vazifalardan ekanligini bildirgan

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. OʻFF prezidenti Umid Ahmadjonov jurnalistlarning federatsiya haqidagi savoliga javob berar ekan, "Bu masalada ish olib borilyapti va xodimlar koʻrib chiqilyapti. Kimgadir yoqsa yoki yoqmasa ham aytaman, federatsiyaning 90 foiz xodimi almashadi", degan. Bu haqda uff.uz xabar qilmoqda.

Bundan tashqari, Ahmadjonov OʻFF oldidagi ustuvor masalalarni maʼlum qilgan.

Uning soʻzlariga koʻra, milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlash borasida ish olib bormoqda. Shuningdek, kelishilgan oʻyinlarga qarshi kurash boshlanib, yangi qoʻmita tashkil etilmoqda.

Ustuvor masalalar orasidan urugʻ-aymoqchilikka qarshi kurash va federatsiya ishini shaffoflashtirish ham oʻrin olgan.

Umid Ahmadjonov Oliy liga saviyasini koʻtarish, Tokio yoʻllanmasini qoʻlga kiritish va 2022 yilgi JChda ishtirok etish, bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish hamda muxlislarning stadionga kelishi uchun zarur sharoitni yaratib berish asosiy vazifalardan ekanligini bildirgan.

"Agar jurnalistlar taklifi boʻlsa, federatsiya eshiklari har doim ochiq. Shu maqsadda bu tadbirni tashkil etdik. Bunday uchrashuvlar tez-tez oʻtkazilishi kerak. Istalgan vaqtda OʻFFga kelib, oʻz taklifingizni berishingiz mumkin. Mana stadionlar huvillab yotibdi. Bu muammoni barchamiz birga hal qilishimiz kerak", degan Ahmadjonov.

Ahmadjonovning aytishicha, Oʻzbekistonda ayollar va yoshlar futboli boʻyicha chempionatlar oʻtishi mumkin. Shu bilan birga FIFA kongressiga ham Oʻzbekiston mezbonlik qilishi mumkin.

OʻFF prezidenti terma jamoa bosh murabbiyligiga nomzodlar bilan muzokara ketayotganligini, etika jihatidan ularning nomini ayta olmasligi, bu haqida aniq maʼlumot paydo boʻlishi bilan albatta rasmiy xabar berilishini aytgan.

Asosiy mavzular