14:38 23 Oktyabr 2017
Efir
Sbornaya Uzbekistana na tseremonii otkrыtiya V Aziatskix igr v zakrыtыx pomeщeniyax i po boyevыm iskusstvam

Turkmanistondan keyin eng koʻp medal olgan Oʻzbekiston beshinchi oʻrindan joy oldi

IA "Jaxon"
Sport
Havola olish
68610

Oʻzbekistonlik sportchilar turnirda jami 131ta medal qoʻlga kiritishdi

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Turkmaniston poytaxti Ashxobodda usti yopiq inshootlardagi va jang sanʼatlari boʻyicha V Osiyo oʻyinlarida yakunlandi.
Oʻzbekiston terma jamoasi yakuniy jadvalda beshinchi oʻrinni egalladi.

Oʻzbekistonlik Farhod Sobirov yopiq inshootlarda va jang sanʼatlari boʻyicha V Osiyo oʻyinlarida ogʻir atletika boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritdi
Photo by Angelos Zymaras/ LAUREL International Management

Oʻzbekistonlik sportchilar turnirda jami 131ta medal qoʻlga kiritishdi. Bu 245ta medal bilan birinchi oʻrinni olgan Turkmanistondan keyin ikkinchi koʻrsatkich hisoblanadi, lekin Oʻzbekiston oltin medallar soni boʻyicha yaxshi natija koʻrsata olmadi.

Ushbu musobaqalarda terma jamoa 24ta oltin, 33ta kumush va 74ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Turkmaniston 89ta oltin medal bilan jadvalning eng yuqori pogʻonasida joylashdi, Xitoy 42ta (jami 97ta), Eron 36ta (jami 118ta), Qozogʻiston 28ta oltin (jami 96ta) medal oldi.

Asosiy mavzular