03:38 15 Dekabr 2017
Efir
XVIII Mejdunarodnыe sorevnovaniya po raketomodelnomu sportu

Oʻzbekistonlik yoshlar Qozogʻistonda raketomodel sporti musobaqasida gʻolib boʻlishdi

Facebook
Sport
Havola olish
166 0 0

Musobaqalarda Qozogʻiston, Belarus, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Rossiya va Bolgariyadan sportchilar ishtirok etdi

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Qozogʻistonning Boyqoʻngʻir shahridagi "Boyqoʻngʻir" kosmodromi raketomodel maydonida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasida raketomodel sporti boʻyicha XVIII xalqaro musobaqalarda oʻzbekistonlik sportchilar mutlaq gʻolib boʻlishdi.

Musobaqalarda Qozogʻiston, Belarus, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Rossiya va Bolgariyadan sportchilar ishtirok etdi.

XVIII Mejdunarodnыe sorevnovaniya po raketomodelnomu sportu
Facebook
Oʻzbekistonlik yoshlar umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi

Oltita yoʻnalish boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda Oʻzbekistondan "Barkamol avlod", "TEX PROGRES SPORT" va Oʻzbekiston milliy terma jamoalari qatnashdi.

Barcha yoʻnalishlarda birinchi va ikkinchi oʻrinlarga sazovor boʻlgan oʻzbekistonliklar umumjamoa hisobida yetakchilikni qoʻlga kiritishdi.

Asosiy mavzular