Ravon Rossiya terma jamoasining rasmiy homiysiga aylandi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON
Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston avtomobil brendi 1-oktabrdan Rossiya milliy futbol jamoasning rasmiy homiysiga aylandi. Hamkorlik Rossiya Eron va Rossiya Janubiy Koreya o‘rtoqlik o‘yinlaridan boshlanadi.

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Ravon avtomobil brendi 1-oktabrdan boshlab futbol bo‘yicha Rossiya milliy terma jamoasiing homiysiga aylandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston avtomobil brendi va Rossiya terma jamoasi hamkorligi Rossiya jamoasining 7 va 10-oktabrda bo‘lib o‘tadigan Eron va Janubiy Koreya o‘rtoqlik o‘yinlaridan boshlanadi. Hamkorlik doirasida Ravon imidj va reklamaga oid qator huquqlardan foydalanishi mumkin. Ular orasida “Ravon – Rossiya terma jamoasining rasmiy homiysi” kabi iboralar ham bor.

“Biz Rossiya milliy terma jamoasi bilan hamkorlik boshlanganidan jud xursandmiz. Mamlakatning asosiy jamoasi albatta o‘sib bormoqda, tarkibda yosh va istiqbolli futbolchilar soni oshib bormoqda. Bu rivojlanish yaqqol ko‘rinib turibdi. Rossiya jamoasi nazorat o‘yinlarida va Rossiyada ilk bor bo‘lib o‘tadigan 2018-yilgi Jahon chempionatida ham o‘zlarini muvaffaqiyatli ko‘rsatishlariga mening ishonchim komil”, — dedi “Ravon Motors Rus”  kompaniyasi bosh direktori Sharof Ashurov.

Shuningdek, Sharof Ashurov milliy futbol jamoasi bilan hamkorlik qilish sportga qiziquvchi faol yoshlar orasida Ravon brendini ommaviylashtirishga olib kelishiga ishonch bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0