14:37 23 Oktyabr 2017
Efir
Federatsiya futbola Uzbekistana

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori oʻzgardi

http://the-uff.com
Sport
Havola olish
418 0 0

Shu vaqtga qadar OʻzPFL bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Farhod Magametov oʻz vazifasidan ozod etildi

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasining navbatdan tashqari yigʻilishida Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi rahbariyatidagi oʻzgarishlar koʻrib chiqildi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu vaqtga qadar OʻzPFL bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Farhod Magametov oʻz vazifasidan ozod etildi. Uning oʻrniga Omon Gʻofurov OʻzPFL bosh direktori etib tayinlandi.

Gʻofurov Omon Fayzullayevich 1984 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida sport tashkilotlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligida turli lavozimlarda ishlagan. Rus, ispan va ingliz tillarida soʻzlasha oladi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov mamlakat futbol tizimi rahbariyatida katta oʻzgarishlar boʻlishini maʼlum qilgandi.

Asosiy mavzular