14:45 23 Oktyabr 2017
Efir
Federatsiya futbola Uzbekistana

Asqar Tolibjonov Oʻzbekiston futbol federatsiyasidagi vazifasidan ozod etildi

http://the-uff.com
Sport
Havola olish
223 0 0

Shu bilan bir vaqtda futbol boʻyicha sport mahoratini oshirish Respublika oliy maktabining rahbariyatida ham oʻzgarishlar amalga oshirildi

TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Asqar Tolibjonov boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasining tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi futbol boʻyicha sport mahoratini oshirish Respublika oliy maktabining direktori oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Bungacha Asqar Tolibjonov OʻFFda vitse-prezident va birmuncha avval tugatilgan Terma jamoalar markazida direktor vazifasida ishlab kelgan edi. OʻFFning hisobot-saylov konferentsiyasidan keyin esa sport mahoratini oshirish oliy maktabining direktori oʻrinbosari lavozimini egallab turgan edi.

Hozirda maktab direktori oʻrinbosari lavozimiga yangi nomzodlar koʻrib chiqilmoqda.

Shu bilan bir vaqtda futbol boʻyicha sport mahoratini oshirish Respublika oliy maktabining rahbariyatida ham oʻzgarishlar amalga oshirildi. Shu paytgacha maktab direktori boʻlib ishlab kelgan Anatoliy Klimovning oʻrniga Farhod Ortiqov tayinlandi. Ortiqov bungacha Oʻzbekiston davlat jismoniya tarbiya institutida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi xavfsizlik boshqarmasining halol oʻyinlar uchun maʼsul ofitseri Ahrol Inoyatov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.

Asosiy mavzular