O‘zbekistonda "Aspire" futbol akademiyasining vakolatxonasi ochiladi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFutbolist na pole
Futbolist na pole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon futbolining afsonalari Pele, Messi, Raul va Xavi kabilar akademiyaning xalqaro arenalardagi elchisi sifatida faoliyat yuritadi

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. O‘zbekistonda "Aspire" sport akademiyasining vakolatxonasi ochiladi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar qildi.

Ofis FIFA v Surixe - Sputnik O‘zbekiston
FIFA O‘zbekiston futbol federatsiyasiga 5 million dollar o‘tkazib beradi

Xabarga ko‘ra, O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar amirining diplomatik masalalar va sportni rivojlantirish bo‘yicha bosh maslahatchisi Shayx Jassim bin Hamad bin Xalifa ol Taniy bilan uchrashuvda bu borada kelishib olgan.

"Shayx Jassim janoblari bilan suhbatda biz "Aspire" akademiyasining vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish bo‘yicha kelishuvga erishdik. Menda ushbu akademiya juda katta tassurot qoldirdi. Shayx janoblari bilan bu borada yakuniy kelishuvga erishganimizdan xursandman", dedi Umid Ahmadjonov O‘FF matbuot xizmatiga.

Dohadagi "Aspire" sport akademiyasiga 2004-yilda Qatar amirining farmoni bilan asos solingan. Akademiyaga dunyoning eng kuchli menejerlari, murabbiylari va ekspertlari jalb qilingan. Futbol ta’limining standartlari bo‘yicha "Aspire" dunyoning eng yaxshi akademiyalaridan biri sanaladi. Jahon futbolining afsonalari Pele, Messi, Raul va Xavi kabilar akademiyaning xalqaro arenalardagi elchisi sifatida faoliyat yuritadi.

Yangiliklar lentasi
0