02:58 23 Yanvar 2018
Efir
Shavkat Mirziyoyev na sammite OIS v Astane

Mirziyoyev toshkentlik maktab oʻquvchisiga Macbook sovgʻa qildi

© Sputnik/ Bolat Shayxinov
Sport
Havola olish
54840

Javohir Sindorov yaqinda xalqaro shaxmat ustasi unvonini oldi

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti toshkentlik 11 yoshli Javohir Sindorovga Macbook sovgʻa qildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Javohirga prezident sovgʻasi uning shaxmat olamidagi muvaffaqiyatlari munosabati bilan topshirildi – u yaqinda xalqaro shaxmat ustasi unvonini oldi. Hozirda Javohir 2005 yilda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida jahon reytingida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

Javohir toʻrt yarim yoshidan buyon shaxmat bilan shugʻullanib keladi. U 2012 yil Hindistonda maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida oltin va kumush medallarga sazovor boʻldi, 2013 yil Eronda shaxmat boʻyicha 18 yoshgacha oʻgʻil-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Bir yildan soʻng u maktab oʻquvchilari oʻrtasida shaxmatning rapid va blits yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida biryoʻla ikkita oltin medalni qoʻlga kiritdi. Braziliyada maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha jahon chempionatida ham oltin medal qoʻlga kiritildi. 2015 yil Tailandda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yana shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.

Oʻtgan yili u Rossiyada oʻtkazilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi jahon chempionatida kumush medal bilan taqdirlandi, 2017 yilda esa 8-18 yoshgacha oʻgʻil-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida ikkita oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Asosiy mavzular