16:50 21 Noyabr 2017
Efir
Oksana Chusovitina (Uzbekistan) vo vremya kvalifikatsionnыx sorevnovaniy po sportivnoy gimnastike na XXXI letnix Olimpiyskix igrax

Oksana Chusovitina Tom Kruz, Germaniyadagi hayoti va sakkizinchi olimpiada haqida

Sputnik / Aleksey Filippov
Sport
Havola olish
93670

Yetti marotaba gimnastika boʻyicha olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan sportchi Oksana Chusovitina Sputnik Oʻzbekiston nashriga bergan intervyusida qanday qilib "forma"ni saqlab qolganligi, shaxsiy hayoti hamda Germaniyada uzoq vaqt yashab nega nemis frausiga aylanmaganligi haqida soʻzlab berdi

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oksana Chusovitinani juda koʻpchilik eng noyob qobiliyatga ega  gimnastikachi sifatida biladi. Lekin Chusovitina oʻzining qandaydir noyob isteʼdodga ega ekanligini rad etadi.

"Men boshqa sportchilar kabi oddiy insonman. Faqat oʻz kasbimni sevaman va undan uzoqlashishni oʻylamayman. Va… menimcha turmush oʻrtoq bobida omadim chopgan", — deydi sportchi.

Chusovitina 41 yoshida eng yoshi ulugʻ gimnastkachi sifatida rekordga erishgan, shuningdek ushbu sport turi boʻyicha yetti marotaba olimpia oʻyinlarida ishtirok etgan yagona sportchi hisoblanadi.

Chusovitina yorqin gʻalabalar roʻyxatiga ega: 1992 yilda Pekin shahrida oʻtkazilgan chempionatda kumush medal sohibi, uch karra jahon chempioni va koʻp marotaba jahon chempionatlarida turli sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Bundan tashqari, Osiyo oʻyinlari ikki karra chempioni va 2008 yil Yevropa chempionatida oltin medal sohibasi.

Braziliyada boʻlib oʻtgan olimpiadada yettinchi marotaba qatnashib, 7-chi oʻrinni egalladi.

Uning chiqishlariga yuqoridan qaraydiganlar ham yoʻq emas. Bundaylar nega omadi chopgan ayol hech sportdan ketmayotganini tushunmaydilar. Va aynan shundaylar Oksanani orqavarotdan "buvi" deya chaqiradilar. Chusovitina bunga javoban tabbassum qiladi va (minginchi marotaba boʻlsa kerak): "Men sportni sevaman, men u bilan yashayman, gimnastika menga faqat rohat bagʻishlaydi", deya qayta-qayta taʼkidlaydi.

Prezidentga minnatdorlik va yoshlik siri haqida

- Oksana, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sizni "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlagani bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.

— Ochigʻi, bu men uchun kutilmagan voqea boʻldi. Qoʻngʻiroq qilishganida, jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha yigʻin mashgʻulotlarida edim. Albatta, meni ajratib, bunday yuqori mukofotni berishganligidan juda mamnunman. Hammaga katta rahmat.

Umuman olganda, federatsiyamizga koʻmak berib kelayotgan barcha insonlarga, sportga katta eʼtibor berayotgan prezidentimizga minnatdorlik bildirmoqchiman. Uylaymanki, bu yaqin vaqtlarda oʻz hosilini beradi, bir yildan keyin Oʻzbekiston haqida butun dunyoda hozirgidan ham koʻra koʻproq bilib olishadi.

- Koʻpchlik siz haqingizda "u noyob qobiliyat egasi" deya taʼkidlaydi. Aytinchi, "noyobligingiz" siri nimada?

— Men oʻzimni noyob iqtidor egasi deb bilmayman. Men boshqa sportchilar singariman. Faqat sportda uzoqroq ushlanib qoldim, xolos. Uylaymanki, hech kim gimnastikada bu qadar uzoq qolishga harakat qilmagan. Bilmadim, menga bu yoqadi va men buni sevaman. Hozircha shunday imkoniyatga ega ekanman, nima uchun men bundan foydalanmasligim kerak?

Oksana Chusovitina
AP Photo / Rebecca Blackwell
Oksana Chusovitina

- Albatta. Lekin siz bilan bir qatorda turgan gimnastikachilarning yoshi 16 da. Bu sizga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydimi?

— Minbarga chiqqanimizda men yoshlardan kam boʻlmaslikka harakat qilaman. Ayrim hollarda ulardan koʻra yaxshiroq koʻrsatkichlarga erishaman. Shuning uchun boshqalardan koʻpam farq qilmayman. Men yoshlar bilan bellashganimda oʻzimni yanada yoshargandek his qilaman. Aytgancha, uyim devorida Tom Kruz portreti osigʻliq turadi. Men har doim oʻsha portretga qarab, u uchun yosh koʻrinishni saqlab qolishim kerak, deyman oʻz-oʻzimga. Bordiyu qachonlardir u bilan uchrashsam, qarib qolgan boʻlishim kerak emas.

- Endi tushungandayman, yosh koʻrinishingiz sirini.
— (Kuladi) Toʻgʻrisini aytganda, boshqalardan farq qilmayman. Men ham boshqa ayollar singari ortiqcha vazn toʻplashim mumkin. Axir boshqalar kabi oddiy insonman. Ha, mening oilam bor. Ha, bir oz yoshim kattadir, lekin musobaqalarda, yana bir bor qaytaraman, biz hammamiz baravarmiz. Hech kim u 16 yoshda, bu 42 yoshda deb yengillik bermaydi.

- Hozirda murabbiylik faoliyatingiz qanday davom etmoqda? Adashmasam, siz bosh murabbiy edingiz?
— Yoʻq, aniqroq aytadigan boʻlsam, ha, Oʻzbekistonga qaytganimdan soʻng toʻrt yil davomida murabbiylik qilganman. Menga sportchi sifatida musobaqalarda ishtirok etish taklifi kiritilgach, murabbiylik faoliyatimni toʻxtaganman. Hozir faqat sportchiman. Bir vaqtning oʻzida ikkita ishni olib borish ancha murakkab.

Sakkizinchi olimpiadaga harakat

- Siz anchagina vaqt Germaniyada yashadingiz. Vatan sogʻinchi boʻlganmi?

- Toʻgʻrisi, oʻgʻlim Alisher kasal boʻlib qolmaganida va uni Germaniyada davolash talab qilinmaganida, men umuman hech qayerga ketmas edim. Kuniga toʻrt soat tilni oʻrganganman, imtihon topshirganman, pasport olganman, qoidalar boʻyicha hayot kechirishga koʻnikdim ham, lekin baribir germaniyalik boʻla olmadim. Germaniyani sevish uchun u yerda tugʻilish kerak. Menga oʻgʻlim soppa-sogʻ ekanligi haqida xabar qilishgach, xayolimdan birinchi boʻlib "hayriyat, endi Oʻzbekistonga qaytishim mumkin" degan oʻy oʻtgan.

- Yaqinda sakkizinchi olimpiadada ishtirok etishingiz haqida aytgan edingiz.

— Ha, men yana tayyorgarlik koʻrishga qaror qildim, buyogʻini koʻraveramiz… Bashorat qilyapti, degan fikr hosil boʻlmasligi uchun, aytishim kerakki, avvalo saralash bosqichidan oʻtish kerak. Chunki, bu Chusovitinaku, deb menga hech kim yon bosmaydi. Qattiq mehnat qilish, shugʻullanish kerak boʻladi. Ayrim hollarda chidashga ham toʻgʻri keladi. Keyingi yilda Osiyo oʻyinlari va jahon chempionati kubogi bosqichlari boshlanadi. Oʻsha yerda olimpiya uyilariga litsenziya beriladi.

- Bu yangi qoidalarmi?

— Ha biz endi ochko toʻplaymiz. Hozir yangi tizim joriy etilyapti. Shuning uchun keyingi yilda hammamiz ushbu musobaqaga tanlovdan oʻtamiz.

- Prezidentning har bir taniqli sportchi oʻz xususiy maktabiga ega boʻlsin, degan tashabbusiga qanday qaraysiz? Bu haqda oʻylab koʻrdingizmi?

— Oʻylaymanki, bu ajoyib fikr. Ha, Toshkentda yoki ona shahrim Buxoroda xususiy maktab ochishni juda xohlayman. Ammo bu borada sportchi sifatida faoliyatimni yakunlaganimdan soʻng oʻylashni boshlayman. Men oʻz orzularimni bosqichma-bosqich amalga oshiraman. Bu osonroq. Shuning uchun maktab haqida gapirish hali erta.

"Turmush oʻrtoq bobida omadim chopgan"

- Oksana, siz turmush oʻrtogʻingiz bilan salkam 20 yildan buyon baxtli hayot kechirib kelasiz. Oilaviy totuvlik siri nimada?

— Ha, shu yil turmush qurganimizga 20 yil toʻladi. (Oksananing turmush oʻrtogʻi — taniqli sportchi, kurashchi Baxodir Qurbonov). Bilasizmi, men oʻzimni baxtli ayol deb hisoblayman. Bilmadim, balki omadlidirman. Axir ajoyib oʻgʻlim va sevikli turmush oʻrtogʻim bor. Ularga ishonaman va ularni qattiq sevaman. Oilaviy munosabatlarda eng muhimi ishonch. Men juda koʻp safarda boʻlaman. Shu bois, turmush oʻrtogʻimni kam koʻraman. Lekin biz har kuni telefon orqali gaplashamiz. Oilaviy baxt siri oddiy — bir-biringizga ishoning va bir-biringizni seving.

Oksana Chusovitina s mujem Baxodirom i sыnom Alisherom
Foto iz lichnogo arxiva gimnastki
Oksana Chusovitina s mujem Baxodirom i sыnom Alisherom

- Oʻgʻlingiz haqida gapiring. Intervyularning birida siz u bankir boʻlishni orzu qilishini aytgansiz.

— (kuladi)… bankirdan oldin u "dalnoboyщik" boʻlmoqchi edi. Endi esa basketbolchi boʻlmoqchi.

- Ajoyib. Qayerga oʻqishga kirmoqchi?

— Hozir Germaniyada oliy maktabda oliy kursni topshirmoqda. Keyin qayerga borishni oʻylaydi. Oʻgʻlim hozir shunday yoshdaki, har kuni rejalari oʻzgaradi.

- Oilaviy hayot va musobaqalar… Ogʻir emasmi uygʻunlikda olib borish?

— Shunchaki, turmush oʻrtoq bobida omadim chopgan. Men u bilan oʻzimni himoyada deb bilaman. Agar menga qandaydir yordam kerak boʻlsa, birinchilardan boʻlib menga yordam qoʻlini choʻzgan u kishi boʻladi.

- Ikki davlatda yashash qiyinmi?

— Men ikki davlatda yashamayman — men Oʻzbekistonda yashayman. Noyabr oyida oʻgʻlim 18 yoshga toʻladi va u mustaqil shaxs. Vaqt boʻlganda uni koʻrgani boraman. Unda taʼtillar boshlanganda, u har doim Toshkentga keladi.

- Sizda boy bergan imkoniyatlar va bir nimadandir afsus chekish holatlari boʻlganmi?

— Umuman olganda, hayotdagi shiorim bu — keyinchalik afsus chekmaslik uchun qoʻlimdan kelgancha harakat qilaman. Nimalardir roʻyobga chiqadi, nimalardir yoʻq. Shu bois afsuslanmayman.

- Sizning fikringizcha, omadli boʻlishning siri nimada?

— Meni fikrimcha, omad garovi — bu mehnatsevarlik va maqsadga bogʻliq. Dadam xudo rahmatli, menga har doim: "Agarda sen bir ishni boshlagan boʻlsang, oxirigacha yetkazishing kerak. Boshlagan ishingni chala qoldirma", — deb aytar edilar. Oʻylamanki, agarda inson oʻz oldiga maqsad qoʻysa, unga intilishi kerak: qiyinchiliklar va toʻsiqlardan oʻtish kerak boʻlsa ham toʻxtab qolmasligi kerak. Oldingizga qoʻygan maqsadingiz tomon harakatlanishga intilishingiz kerak.

- Hayotingizda eng qiyin vaqtlarda doʻstlaringiz tashlab ketgan holatlar boʻlgan… Doʻstlikka hali ham ishonch bormi?

— Albatta, harakat qilaman, ishonaman va doʻst boʻlaman, lekin bunday insonlar kam.

Masalan, barcha sirimni ishonishim mumkin boʻlgan birgina dugonam bor — u Amerikada yashaydi. Lekin, odam oʻzi bilan oʻzi doʻst boʻlgani maʼqulroq…

Asosiy mavzular