O‘zbekistonga “Barselona” va jahon futboli afsonasi tashrif buyuradi

© EITAN ABRAMOVICH / AFPBivshiy zashitnik FK "Barselona" i sbornoy Ispanii Karles Puyol
Bivshiy zashitnik FK Barselona i sbornoy Ispanii Karles Puyol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U Oliy liga 28-tur doirasida bo‘lib o‘tadigan “Paxtakor” va “Olmaliq” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni bevosita “Paxtakor” stadionidan turib tomosha qilib borishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Jahon futboli afsonasi, “Barselona” klubining sobiq himoyachisi, Ispaniya terma jamoasi tarkibida Yevropa va Jahon chempioni degan yuksak nomlarga sazovor bo‘lgan Karles Puyol 9-noyabr kuni Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Puyolning O‘zbekistonga tashrifi shaxsan FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan uyushtirilayotgan bo‘lib, bu orqali FIFA prezidenti mamlakatda futbolni yanada rivojlantirish maqsadida federatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan katta hajmdagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va  futbolning ommaviyligini oshirishga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.

Futbolist na pole - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "Aspire" futbol akademiyasining vakolatxonasi ochiladi

Karles Puyol tashrifi davomida respublikadagi futbol akademiyalari va bolalar futbol maktablari bilan yaqindan tanishadi hamda u yerda futbol sir-asrorlarini o‘rganayotgan yosh futbolchilar uchun master-klasslar o‘tkazib beradi.

Shuningdek, u o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishish maqsadida Oliy liga 28-tur doirasida bo‘lib o‘tadigan “Paxtakor” va “Olmaliq” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni ham bevosita “Paxtakor” stadionidan turib tomosha qilib borishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov shu yilning sentabr oyida Shveysariyaning Surix shahrida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashgandi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston delegatsiyasi futbol targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida FIFAdan dunyo futbolining yorqin afsonalari va buguni kun yulduzlarini O‘zbekistondagi yosh futbolchilarga master-klass o‘tab berishi uchun taklif qilishda FIFAning amaliy yordam berishini so‘ragandi.

FIFA prezidenti Janni Infantino o‘sha uchrashuv davomida O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan mamlakatda futbol rivojini yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, Jahon futboli yulduzlarini O‘zbekistonga yuborishda amaliy yordam berishni va’da qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0