O‘FF Farg‘ona vodiysida futbolni rivojlantirish dasturini e’lon qildi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFutbolnie machi
Futbolnie machi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yil mavsum avvalida professional klublar o‘rtasida "Oltin vodiy" musobaqasi bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 4 noya – Sputnik. O‘zbekiston futbol federatsiyasining Bolalar, o‘smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi "Oltin vodiy" loyihasi dasturini ishlab chiqdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Futbolist na pole - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "Aspire" futbol akademiyasining vakolatxonasi ochiladi

Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyati vodiy ligasining markazi sifatida qayd etildi va O‘FF hamda PFL tomonidan maxsus dastur asosida boshqariladi. Toshkent shahar futbol federatsiyasi tomonidan poytaxtda amalga oshirilayotgan barcha ko‘lamdagi ishlar vodiyda ham amalda qo‘llaniladi.

Xabarda aytilishicha, bu vodiy futbolining yana avvalgi mavqeyiga qaytishiga zamin yaratadi. Loyihani ishga tushirish orqali vodiylik mahalliy o‘smirlarni o‘z uylaridan uzoq bo‘lmagan holda sifatli xizmat turini olishini ta’minlash bo‘ladi.

Shu bilan bir qatorda vodiy jamoalarini professionallikka yo‘naltirish chora-tadbirlari qo‘llaniladi. Vodiy jamoalari uchun marketing, OAV, bolalar futboli, litsenziyalash, murabbiylarning malakasini oshirish kabi dasturlar endi vodiyning o‘zida tajribali mutaxassislar tomonidan o‘rgatiladi.

Shuningdek, yagona markazda faoliyat olib boradigan mutaxassislar, vodiy jamoalari ishtirokidagi oliy va birinchi liga uchrashuvlarini OChL saviyasida o‘tkazish borasida mahalliy klublar bilan birgalikda ishlaydilar. Ayni kunda bunday xizmat turi bilan faqatgina "Bunyodkor", "Paxtakor", "Nasaf" va "Lokomotiv" maqtana oladi.

"Oltin vodiy" loyihasi asosida vodiyning turli shaharlarida turli xildagi tadbirlar tashkil etiladi. Mazkur loyiha asosida O‘zbekiston Kubogi — 2018ning final o‘yiniga ham aynan vodiy stadionlaridan biri mezbonlik huquqini mavsum boshida qo‘lga kiritadi.

Federatsiya futbola Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori o‘zgardi

2018 yil mavsum avvalida professional klublar o‘rtasida "Oltin vodiy" musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda vodiy klublaridan tashqari respublikaning boshqa jamoalari ham ishtirok etadilar.

Vodiy klublari va "Oltin vodiy" loyihasi ishtirokchilari 2018-yil OChL o‘yinlarining ishchi-guruhi tarkibida malaka oshiradilar. Shuningdek, "Neftchi", "Navbahor", "Andijon", "Qo‘qon-1912", "Sementchi" kabi jamoalarning bolalar va o‘smirlar futboliga mas’ul xodimi bolalar futboli rivojlangan Yevropa mamlakatlarida tajriba orttiradi.

"Oltin vodiy" dasturi asosida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

1. 2-liga jamoalari o‘rtasida vodiy ligasi;

2. U-14, U-16, U-18 jamoalari o‘rtasida vodiy ligasi;

3.U-7-U-18 jamoalari o‘rtasida Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarining ikki davralik tizimdagi chempionati;

4.U-7 — U-18 jamoalari o‘rtasida vodiy viloyatlarining chempionati.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘FF 2018-yilgi mavsumdan Oliy ligada 16ta o‘rniga 12ta jamoa ishtirok etishini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0