16:50 21 Noyabr 2017
Efir
Kudratillo Abdukaxxorov

"Jazolovchi" laqabli oʻzbek bokschisi yanvarda jahon chempionligi uchun ringga chiqadi

© sports.uz
Sport
Havola olish
102730

U hozirda 66,6 kilogramm vaznga ega bokschilar orasida WBC reytingida 6-, WBA va IBF reytinglarida 8-oʻrinda bormoqda

TOSHKENT, 7 noya – Sputnik. WBC Silver chempionlik kamari sohibi Qudratillo Abduqahhorov 18 noyabr kuni Andijonda tashkil etiladigan professional boks kechasida ringga chiqadi, deb xabar bermoqda "Olamsport" nashri.

Xabarda aytilishicha, u aslida shu oyda AQSH zaminidagi ilk jangini oʻtkazishi kerak edi.

"Afsuski, viza muddatini oʻz vaqtida uzaytira olmaganimiz sababli Oʻzbekistonga qaytib keldik. Men bilan birga Azizbek Abdugʻofurov ham qaytdi. Endi 18 noyabr kuni ikkimiz ham Andijonda tashkil etiladigan professional boks kechasida ringga chiqamiz", degan u.

Abduqahhorovning aytishicha, uning raqibi oʻzbekistonlik bokschi Sherzod Alimjonov boʻladi.

"Nasib qilsa, dekabr oyida yana AQShga joʻnab ketaman. Rejaga koʻra, yanvar oyida jahon chempionligi kamari uchun ringga koʻtarilaman", — degan Qudratillo.

"The Punisher" (Jazolovchi) laqabi bilan tanilgan Qudratillo Abduqahhorov 1993 yilda Andijonda tugʻilgan. U hozirda 66,6 kilogramm vaznga ega bokschilar orasida WBC reytingida 6-, WBA va IBF reytinglarida 8-oʻrinda bormoqda. Qudratillo 12ta jang oʻtkazgan boʻlib, ularning barchasida gʻalaba qozongan va 8ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Asosiy mavzular