12:14 18 Dekabr 2017
Efir
Nodir Abdusattarov, yunыy grossmeyster

Nodirbek Abdusattorov: "Besh yildan soʻng dunyoning eng kuchli shaxmatchilari roʻyxatida boʻlaman"

Foto iz lichnogo arxiva
Sport
Havola olish
67430

Dunyoning eng yosh grossmeysteri unvoniga sazovor boʻlgan Nodir Abdusattorov har bir turnirdan keyin atigi 2 kun hordiq chiqarib, yana mashgʻulotlarga shoʻngʻiydi. Grossmeyster boʻlish qanday ekan, degan savolga u: "Yaxshi. Lekin meni bundan ham yuksakroq orzularim bor", deya javob qaytardi

TOSHKENT, 19 noya — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Nodir Abdusattorov Oʻzbekistonda Rustam Qosimjonovdan keyin eng koʻp tilga olinadigan shaxmat ustasidir. Shu yil, yaʼni 13 yoshida, grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan bu yigit Sputnik muxbiri bilan boʻlgan suhbat davomida shaxmatning foydasi, kimga oʻxshashni xohlashi haqida gapirdi va 5 yildan soʻng qanday yutuqlarni qoʻlga kiritishini taxmin qildi. 

Eng yosh shaxmat ustasi

18 sentyabr kuni Nodirbek Abdusattorov 13 yoshni qarshi oldi. Bu yoshda oʻsmirlarning aksariyati endigina oʻzligini anglab, oʻz oldiga maqsadlar qoʻyib, ilk natijalarni qoʻlga kiritishni boshlaydi. Toshkent shahri Yashnobod tumani 152-maktab 7 sinf oʻquvchisi Nodirbek esa bu yoshga kelib, Oʻzbekiston shaxmat tarixiga koʻplab gʻalabalarni muhrlashga muvaffaq boʻldi.

Besh yoshida Oʻzbekistonda oʻtkazilgan turnirlarda ilk oltin medalni qoʻlga kiritgan Nodirbek 7 yoshida Sloveniyaning Maribor shahrida oʻtkazilgan musobaqada Jahon chempioni unvoniga sazovor boʻlgan; 8 yoshida FIDE ustasi, 12 yoshida Halqaro sport ustasi unvonlari bilan taqdirlangan.

12 yoshgacha uch karra Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan Nodir 2017 yil Sankt —Peterburgda oʻtgan xalqaro shaxmat turniridagi gʻalabasi tufayli jahondagi eng yosh ikkinchi grossmeyster maqomiga ega boʻldi.

Jahondagi eng yosh grossmeysterlar roʻyxatiga jami 29 kishining ismi kiritilgan boʻlib, Nodirbek Abdusattorov bu roʻyxatdan oʻrin olgan birinchi oʻzbekistonlikdir.

Chempionning tugʻilishi

…Hammasi oilaviy oʻyinlardan boshlangan. Oila boshligʻi avval toʻngʻich farzandi — oʻgʻliga, soʻngra, oʻrtancha farzandi — qiziga ushbu oʻyin sirlarini oʻrgatadi. Aka va opasi shaxmat oʻynab oʻtirishganini koʻrgan 3 yashar Nodirbek, ular yoniga kelib, shaxmat donalarini qoʻliga olib qiziqsinab tomosha qilardi…

Shoh, farzin, fil, otlar, toʻra va piyodalarning oq-qora olamiga Nodirbek shu tariqa kirib kelgan.

"Ikki farzandim shaxmat toʻgaragiga qatnar edi. Nodirbek kichkina boʻlgani uchun, uni uyda tashlab ketolmasdim, shu bois oʻzim bilan olib yurardim. Akasi va opasi musobaqalarda qatnasha boshlagach, Nodirbek ham oʻzini sinab koʻrsin, deya kenjamni turnirlarga qatnashtirishga harakat qildim", — deb esga oladi yosh grossmeysterning onasi — Marziya Ochilova.

Albatta, gʻalabalar osonlikcha qoʻlga kiritilmagan. Toʻsiqlar ham boʻlgan. Gap shundaki, shaxmat toʻgaragiga qatnaydigan bolalar yozishni bilishlari shart edi.

"Bolalar oʻz partiyasini qayd etib borishlari uchun yozishni bilishlari shart edi. Shu bois, Nodirbekka 4 yoshidan yozishni oʻrgatganmiz. Mittigina bola bitta "xodni" uch daqiqalar vaqt ketkazib, qiynalib yozardi. Oʻgʻlim gʻalabalarga ham birdaniga erishmagan, albatta. Boshida bir necha marotaba yutqazgan, soʻng durrang oʻynashni boshlagan va keyin-keyin yutuqlarga erishgan", — qoʻshimcha qiladi Marziya Ochilova.

Oilada Nodirbekning ilk yutuqlarini bot-bot esga olib turishar ekan.

Onaning soʻzlariga qaraganda, Nodirbekka shaxmatdagi "xod"larni hech kim oʻrgatmagan. U uydagilarning oʻyinlarini kuzatish asnosida shaxmat sir-asrorlarini mustaqil oʻrganib borgan.

Nodirning aytishicha, u maktabda sinfdoshlariga ham shaxmat sirlarini oʻrgatadi. "Shaxmatning matematika faniga foydasi katta. Shaxmat oʻyini tufayli hisoblash — qoʻshish va ayirish tezligi ortadi", — deydi u.

Shaxmatchilar ichiga kimga havas qilasiz, degan savolga, Nodir jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi — norvegiyalik Magnus Karlsenni juda yaxshi koʻrishini va uning har bir oʻyinini qoldirmay kuzatib borishini maʼlum qildi.

Yutish sanʼati

Nodirbek shaxmatni tanlagach, ota-onasi uni 15-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabining shaxmat boʻlimiga olib borishadi.

Murabbiy Ravshan Shukurov ilk uchrashuvdayoq Nodirbekdagi iqtidorni payqagan va uning mahorati oshishida bilim va tajribasini ayamagan.

"Ravshan Shukurov bilan toʻrt yarim yoshimdan shugʻullana boshlaganman. Besh yoshimda esa 8 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida oʻtkazilgan turnir chempioni boʻldim", — deb esga oladi Nodirbekning oʻzi.

2011 yilda Nodirbek ikki bor Osiyo chempionatida sovrindorlar safidan joy oldi. Dastlab maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan qitʼa birinchiligida ishtirok etib, oltin, keyin esa oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida bronza medali sohibi boʻlgan.

Bundan tashqari, Sankt-Peterburgda tashkil etilgan xalqaro turnirda zafar quchgan.

2012 yilda 9 yashar Nodirbek Sloveniyaning Maribor shahrida tezkor shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan, dunyoning 126 mamlakatidan 2600 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan jahon chempionatida gʻolib chiqqach, ehtimol, Oʻzbekistonda Rustamjon Qosimovning izdoshi kamol topayotganiga hech kimda shubha qolmagandir…

Nodir shu vaqtdan boshlab xalqaro grossmeyster Dmitriy Qayumovdan saboq olishni boshlaydi.

Har bir muvaffaqiyat ortida ulkan mehnat yotishini Nodirbek juda yaxshi biladi.

"Boshida mashgʻulotlarga kuniga 1-2 soatdan vaqt ajratar edim. Professional degan maqomga ega boʻlgach, yanayam koʻproq vaqt sarflayapman", — taʼkidlaydi u.

— Shaxmatni jiddiy oʻzlashtirish uchun — oʻz ustingda tinimchiz ishlash, shuningdek oʻz xatolaringni tahlil qilish muhim. Biror turnirda magʻlubiyatga uchrasam, musobaqa tugashi blian murabbiyim bilan oʻyinni bir boshdan tahlil qilamiz. Qayerda xatoga yoʻl qoʻyganimni aniqlaymiz", — iqror boʻladi yosh shaxmatchi.

Nodirning aytishicha, xalqaro turnirlarda har bir "xod"dan keyin harakat strategiyasini hisoblash uchun kerak boʻlsa bir soat mulohaza qilar ekan. "Har bir "xod"dan keyin variantlar juda koʻp boʻladi. Men ularning hammasini oʻylab chiqishga harkat qilaman", — dedi shaxmatchi. Nodirning aytishicha, bu variantlar 50tagacha borishi mumkin ekan.

Nodirbek Abdusattarov pokazыvayet korrespondentu Sputnik taktiku, blagodarya kotoroy oderjal pobedu nad 24-letnim grossmeysterom iz Indii Panayappanom Setxuramanom
Dilshoda Raxmatova
Nodirbek Abdusattarov pokazыvayet korrespondentu Sputnik svoyu lyubimuyu taktiku

"Uyda boʻlgan vaqtlarimda ham xilma-xil taktikalarni oʻylab chiqaman", — suhbatni davom ettiradi u.

Nodirbekning aytishicha, u oʻz kelajagini faqat shaxmat bilan bogʻliq holda koʻradi. "Besh yildan soʻng oʻzingizni qayerda va qay tarzda koʻrasiz?", — degan savolga yosh shaxmatchi "Dunyoning eng kuchli oʻn shaxmatchisi roʻyxatida boʻlaman", — deya javob berdi.

Shaxmatning vatanidan kelgan raqibni mot qildi

Nodirbek Abdusattorov 29 oktyabrda Sankt-Peterburgda yakunlangan Chigorin Memoriali xalqaro shaxmat turnirida hindistonlik 24 yoshli grossmeyster Panayappan Setxuraman va rossiyalik 27 yoshli grossmeyster Yevgeniy Levinni magʻlubiyatga uchratdi.

Rossiyalik xalqaro darajadagi grossmeysterlar —32 yoshli Artem Timofeyev va Yevgeniy Alekseyev bilan durang oʻynadi. 

Olamshumul gʻalaba olib kelgan turnir haqida gapirar ekan, shaxmatchining onasi Marziya opa shunday dedi: "Sankt-Peterburgdagi turnirga borishdan niyatimiz grossmeysterlikning uchinchi talabini bajarish, rekordni yangilash edi. Oʻgʻlim raqiblar bilan oʻyinlarda gʻalaba qozonib, durrang natija bilan yakunlab kelayotgan edi, yettinchi turga yetganida yutqazib qoʻydi. Oʻshanda kayfiyati tushib ketib, yigʻlagan, qoʻshilib birga yigʻladim… Bor dardlarni chiqarib olgach, ertangi turnirda hech boʻlmasa yutqazmaslikka kelishib oldik. Raqiblar haqiqatda kuchli edi, ularning yoshi ham katta edi. Xullas, oxirgi tur boʻladigan kun oldidan uxlolmay chiqqanmiz…"

Musobaqada grossmeysterlikning uchinchi talabini bajargan Nodir ehtimoliy 9 ochkodan 6,5 ochko toʻplab, 13 yoshida jahondagi eng yosh ikkinchi grossmeyster maqomiga ega boʻldi.

FIDE tabrigi va Mirziyoyevning sovgʻasi

Nodir Abdusattorovning yutuqlari eng oliy — xalqaro darajada eʼtirof etildi. 2017 yilning noyabrida u Xalqaro shaxmat federatsiyasi(FIDE) prezidentidan qutlov maktubini oldi.

Nodir Abdusattorov, grossmeyster iz Uzbekistana
Foto iz lichnogo arxiva
Nodir Abdusattorov

FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinov, Nodir Abdusattorovni grossmeysterlik darajasi bilan tabriklab, quyidagilar fikrlarni bildirgan edi: "Sen mehnatsevarliging, intiluvchanliging, tirishqoqliging va gʻalaba qozonishga boʻlgan xohishing tufayli ulkan yutuqlarga erishding. Sening hayotga boʻlgan qarashlaringga har kim xavas qilsa arziydi. Ayni vaqtda sen shaxmat tarixidagi eng yosh ikkinchi grossmeystersan, oʻz yoshing boʻyicha esa reytingda birinchilikni egallab turibsan. Sen oʻz gʻalabalaring bilan buyuk oʻzbek xalqining munosib vakili ekanligingni isbotlading.

Senga omadlar yor boʻlsin, mening jajji doʻstim! Sen — oʻz vataning, yaqinlaring va doʻstlaring faxri va gʻururi, vatandoshlaringning umidisan, ular senga ishonch bogʻlashgan. Yuksak marralar, shaxmat taxtasi atrofida esa goʻzal partiyalar va ilhom tilayman".

Nodirbek Abdusattorovning gʻalabasi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham eʼtirof etildi. Yosh grossmeysterga zamonaviy noutbuk — MacBook Pro sovgʻa qilindi.

Asosiy mavzular