Bugun Murod Xonto‘rayev WEF chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovBoysi, kotorie srazatsya za poyas chempiona WEF: Murod Xanturayev (Uzbekistan) i Konstantin Andreysev (Rossiya)
Boysi, kotorie srazatsya za poyas chempiona WEF: Murod Xanturayev (Uzbekistan) i Konstantin Andreysev (Rossiya) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun shuningdek, o‘zbekistonlik Abdug‘affor Boboyev, Islombek Komoldinov, Umidjon Sa’dullayev, Mirtolib Xo‘jayev, Nursulton Ro‘ziboyev va Mashrabjon Ro‘ziboyevlar reyting janglarini o‘tkazishadi

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Bugun Bishkekdagi sport saroyida "WEF Global 10: Buyuk Ipak yo‘li jangchilari" xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.

Turnirda o‘zbekistonlik Murod Xonto‘rayev WEF chempionlik kamari uchun rossiyalik Konstantin Andreysevga qarshi jang olib boradi.

© Sputnik / Tabildi KadirbekovNursulton Ro‘ziboyev qirg‘izistonlik Erbolot Omurzakovga qarshi ringga chiqadi
Boysi WEF Ruziboyev Nursultan i Omurzakov Erbolot - Sputnik O‘zbekiston
Nursulton Ro‘ziboyev qirg‘izistonlik Erbolot Omurzakovga qarshi ringga chiqadi

Shuningdek, o‘zbekistonlik Abdug‘affor Boboyev, Islombek Komoldinov, Umidjon Sa’dullayev, Mirtolib Xo‘jayev, Nursulton Ro‘ziboyev va Mashrabjon Ro‘ziboyevlar reyting janglarini o‘tkazishadi. Ularning raqiblari qirg‘izistonlik va rossiyalik sportchilar bo‘lishadi.

Yangiliklar lentasi
0