12:14 18 Dekabr 2017
Efir
Chempionat mira po Kurashu sredi vzroslыx.

Jahon chempionatida Oʻzbekiston vakillari 10 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi

© Mejdunarodnaya Assotsiatsiya Kurash
Sport
Havola olish
556 0 0

Istanbul shahrida kattalar oʻrtasidagi kurash boʻyicha XI jahon chempionatida Oʻzbekiston polvonlari 10ta oltin medalni qoʻlga kiritdilar

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Turkiyaning Istanbul shahrida kattalar oʻrtasidagi kurash boʻyicha XI jahon chempionati yakunlandi, deb xabar berdi "Xalq soʻzi".

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Turkiya kurash federatsiyasi va Istanbulning Baxcheleevler munitsipaliteti tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada Osiyo, Afrika, Yevropa hamda Amerika qitʼalarining ellikka yaqin davlatlaridan kelgan polvonlar gʻoliblik uchun bel olishdi.

Oʻn besh vazn (erkaklar 7, ayollar 8) toifasida oʻtkazilgan bahslar yakunida oʻzbekistonlik sportchilardan Shahram Ahadov (66 kg.), Davlat Abrayev (73 kg.), Kamoliddin Rasulov (81 kg.), Shuhratjon Arslonov (90 kg.), Muhsin Hisomiddinova (+100 kg.) gʻoliblikka erishdi.

Xotin-qizlar oʻrtasida esa Mohinur Moʻminova (48 kg.), Gulnor Sulaymonova (52 kg.), Dildor Shermetova (57 kg), Kumush Yoʻldosheva (78 kg.), Rahima Yoʻldosheva (87 kg.) oltin medallarga sazovor boʻldi.

Shuningdek, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolaridan Ilhom Joʻrayev, Muhriddin Qurbonov, Oysuluv Abdumajidova, Omongul Allanazarova, Mohinur Pirnazarova, Gulmira Ismatova, Gavhar Xudoyqulova, Maftuna Esanova, Malohat Roʻziyeva, Renata Ilmatova va Begʻam Boyimova sovrindorlar safidan joy oldi.

Asosiy mavzular