12:14 18 Dekabr 2017
Efir
Tseremoniya nagrajdeniya Kubka Uzbekistana posle okonchaniya finalnogo matcha mejdu tashkentskimi Bunyodkorom i Lokomotivom

OʻFF "Bunyodkor" stadionida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Kubogi final oʻyini yuzasidan bayonot berdi

© Twitter / MSN
Sport
Havola olish
664 0 0

Uchrashuv nihoyasiga yetganidan soʻng "Bunyodkor"maydoniga yuzlab muxlislar tushib kelishgani tasvirlangan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi

TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi 4 dekabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida "Bunyodkor" va "Lokomotiv" jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Kubogi final oʻyini boʻyicha bayonot berdi.

"Uchrashuv paytida 34 ming muxlisga moʻljallangan "Bunyodkor" stadioni ishqibozlar bilan toʻlib-toshdi. Bu holat yurtimizda oʻzbek futboliga muxlislar tomonidan boʻlgan qiziqishning yana oshayotganidan darak beradi", deyiladi bayonotda.

Final oʻyini oldidan stadionda shou-dastur tashkil etildi va Shahzoda, Rayhon, "Ummon", "Benom", Shahriyor, Ruxshona kabi estrada yulduzlari chiqish qilishdi.

OʻFF shou dasturini tashkil etishda koʻrsatgan amaliy yordami uchun Oʻzbekiston Madaniyat vazirligiga oʻz minnatdorligini bildirdi.

"Shu yilning 25 noyabr kuni Yaponiyaning Saytama shahrida OCHL finali boʻlib oʻtgan va bu final uchrashuvini PFL bosh direktori Omon Gʻofurov bevosita stadiondan kuzatib borgan edi. Omon Gʻofurov OCHL finali kabi nufuzli musobaqalarni tashkil etish tajribasini oʻrganib, bu tajribani yurtimizda ham qoʻllash maqsadida Oʻzbekiston Kubogi finalini katta shou tariqasida oʻtkazishga qaror qilindi.

Muxlislarni stadionda xursand qilish maqsadida Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan koptok va sharflar sovgʻa tariqasida tarqatildi. Muxlislarning emotsiyalarga berilib, oʻyin yakuniga yetganidan soʻng "Lokomotiv" klubi futbolchilarini tabriklash maqsadida maydonga chiqib ketishi kabi vaziyatlar futboli rivojlangan davlatlarda ham uchrab turadigan holat hisoblanadi", deyiladi OʻFF bayonotida.

Final uchrashuvini OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bevosita stadiondan kuzatib bordi.

Bayonotda "OFK prezidenti murosasiz kechgan final oʻyinidan katta taassurot olganini taʼkidlab, malakatimizda muxlislarning futbolga boʻlgan qiziqishi yuqori ekanini qayd etib oʻtdi. Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi kelasi mavsumdagi uchrashuvlarni ham koʻtarinki kayfiyatda, haqiqiy bayram tarzida oʻtkazib, futbol muxlislarini xursand qilish yoʻlidagi saʼy-harakatlarini davom ettiradi", deyilgan va muxlislarni stadionga chorlangan.

Eslatib oʻtamiz, uchrashuv nihoyasiga yetganidan soʻng "Bunyodkor"maydoniga yuzlab muxlislar tushib kelishgani tasvirlangan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

Asosiy mavzular