12:12 18 Dekabr 2017
Efir
Boyets Maxmud Muradov

Mahmud Murodov XFN chempionligi uchun jang oʻtkazadi

© Facebook
Sport
Havola olish
48921

Unga chexiyalik Tomash Penz raqiblik qiladi

TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. Oʻzbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov bugun Pragada navbatdagi jangini oʻtkazadi. U bu haqda oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.

Unga chexiyalik Tomash Penz raqiblik qiladi.

Murodovning yozishicha, aslida u David Ramires bilan jang oʻtkazishi lozim boʻlgan, lekin raqibi unga qarshi ringga chiqa olmasligi maʼlum boʻlgan.

“Jang Pragadagi O2 arenada XFN chempionligi uchun boʻlib oʻtadi. Bu jang men uchun juda muhim”, deb yozadi u.

Mahmud uni qoʻllab-quvvatlayotgan barchaga minnatdorlik bildirgan.

Jang Toshkent vaqti bilan soat 23.00da boshlanadi.

Asosiy mavzular