Sardor Rashidov jamoasi g‘alaba qozonsa yarim finalda "Real Madrid" bilan kuch sinashadi

© fotoliaFutbolniy mach
Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Al Jazira" – "Urava Reds" uchrashuvi soat 21:30 dan boshlab jonli efirda namoyish etiladi

TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Bugun o‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov to‘p surayotgan BAAning "Al Jazira" klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida chorak final o‘yinlarida maydonga tushadi.

"Al Jazira" Osiyo chempionlar ligasi g‘olibi Yaponiyaning "Urava Red Daymonds" klubi bilan o‘ynaydi. Ushbu bahsda g‘olib chiqqan jamoa yarim finalda Ispaniyaning "Real Madrid" klubi bilan to‘qnash keladi.

Ko‘plab teletomoshabinlarning istaklarini inobatga olgan holda FUTBOL TV telekanalida "Al Jazira" – "Urava Reds" uchrashuvi soat 21:30 dan boshlab jonli efirda namoyish etiladi.

Shuningdek, KONKAKAF chempioni Meksikaning "Pachuka" va Afrika chempioni Marokashning "Vidad Kasablanka" klublari o‘rtasidagi o‘yinni o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Bu o‘yin g‘olibi yarim finalda Braziliyaning "Gremio" klubi bilan kuch sinashadi.

Mazkur bahsni UZREPORT TV telekanali soat 18:00dan boshlab jonli efirda namoyish etadi.

Yangiliklar lentasi
0