O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 ishtirokchisi Marokash bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

© Federatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu v tovarisheskom matche s komandoy OAE
Sbornaya Uzbekistana po futbolu v tovarisheskom matche s komandoy OAE - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv 2018-yilning 27-mart kuni Marokashning Kasablanka shahrida bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 13 dek – Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Marokash milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda bildirilishicha, uchrashuv 2018-yilning 27-mart kuni Marokashning Kasablanka shahrida bo‘lib o‘tadi.

"O‘zbekiston futbol federatsiyasi tarixda birinchi marta bevosita Jahon chempionati oldidan mundial qatnashchisi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi", — deyiladi xabarda.

Marokash terma jamoasi 2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lib, "B" guruhida Portugaliya, Ispaniya va Eron terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Terma jamoa tarkibida Mexdi Benatiya, Muborak Bussufa, Nabil Dirar kabi mashhur futbolchilar to‘p suradi.

Yangiliklar lentasi
0