O‘zbekiston terma jamoasi Eron termasi bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Obuna bo‘lish
Avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasi kelasi yilning 27-mart kuni Marokash milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi xabar qilingandi

TOShKENT, 14 dek – Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron terma jamoasi 2018-yilning 18-may kuni Eronda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Eron terma jamoasi JCh saralashida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olib, 1:0 va 2:0 hisobida g‘alaba qozongan va birinchilardan bo‘lib JChga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.

Eronliklar Jahon chempionatida "B" guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, guruhdan chiqish uchun Portugaliya, Ispaniya va Marokash terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasi kelasi yilning 27-mart kuni Marokash milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi xabar qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0