04:58 19 Yanvar 2018
Efir
Shota Arveladze

Bikmayev – eng yaxshi futbolchi, Arveladze – eng yaxshi xorijlik murabbiy deb topildi

AP Photo / Dmitri Lovetsky
Sport
Havola olish
197 0 0

Roʻziqul Berdiyev ("Nasaf") "Yilning eng yaxshi murabbiyi" deb eʼtirof etildi

TOSHKENT, 14 dek – Sputnik. Bugun Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida futbol boʻyicha 2017 yilning "Eng yaxshilari"ni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda championat.asia xabar bermoqda.

"Paxtakor"ning gruziyalik murabbiyi Shota Arveladze "Oʻzbek futboli rivojiga hissa qoʻshayotgan eng yaxshi chet ellik murabbiy" deb topildi.

Roʻziqul Berdiyev ("Nasaf") "Yilning eng yaxshi murabbiyi", Marat Bikmayev ("Lokomotiv") "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb eʼtirof etildi.

"Bunyodkor" FK "Yoshlar ligasi gʻolibi" boʻldi. "Eng yaxshi futbol akademiyasi" deb "Nasaf" futbol akademiyasi tan olingan boʻlsa, "Fair Play" sovrini "Qoʻqon-1912" futbol klubiga topshirildi.

Lyudmila Karachik ("Metallurg") "Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi", Igor Chikrizov ("Paxtakor") "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" boʻldi. "Yilning eng yaxshi futzalchisi" nomiga esa Konstatin Sviridov ("Olmaliq") sazovor boʻldi.

"Qoʻqon-1912" muxlislar klubi "Yilning eng yaxshi muxlislar jamoasi" deb eʼlon qilindi.

"Yilning eng yaxshi klubi" deb "Lokomotiv" FK topildi.

Asosiy mavzular