04:57 19 Yanvar 2018
Efir
Vadim Abramov

OʻFF qarorini “axmoqona” degan Abramov – litsenziyasidan mahrum boʻldi

© fcneftchi.uz
Sport
Havola olish
120222

OʻFF qabul qilgan qarorlar yuzasidan oʻz fikrlarini OAV orqali bildirgan Vadim Abramov, federatsiya tomonidan “futbolga aloqador har qanday faoliyatdan” nomaʼlum muddatga chetlatildi.

TOSHKENT, 17 dek – Sputnik. Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasi 16 dekabrda 9-sonli qarori bilan “Neftchi” futbol klubi bosh murabbiyi Vadim Abramovni “futbolga aloqador har qanday faoliyatdan” nomaʼlum muddatga chetlatdi.

Sovetskiy futbolist, trener Vadim  Abramov
© Commons.wikimedia/ Ilya Xoxlov

“Oʻzbekiston futbol federatsiyasi Intizom kodeksining 5.41-bandiga binoan, OʻFF va OʻzPFL hamda ularning rasmiylari shaʼniga nisbatan notoʻgʻri fikrlar bildirganligi, Oʻzbekiston futbol federatsiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar boʻyicha keng jamoatchilik oʻrtasida nosogʻlom fikrlar vujudga kelishiga sabab boʻlayotganligi uchun”, — deyilgan qaror matnida.

Qaror eʼlon qilingandan biroz  oʻtib OAV vakili bilan boʻlgan suhbatda, Abramov, aslida nima sababdan uni chetlatishganini bilmasligini aytdi. Bosh murabbiyning soʻzlariga koʻra, balkim bunga OʻFFning baʼzi qarorlariga nisbatan norozilik bildirgani sabab boʻlsa boʻlsa kerak, deb gumon qildi bosh murabbiy.

Ha, shundaymi? Biz — futbol kishilarimiz. Futbolda har kimning oʻz fikrini aytishga haqqi yoʻqmi? Kecha PFLda yigʻilish boʻldi. Unda men ham qatnashdim. Bir-ikkita gapga oʻz munosabatimni bildirdim. Eshitgan boʻlsangiz kerak, keyingi yil oliy va birinchi ligada oʻynash uchun futbolchilar normativ topshiradi. Normativ juda murakkab tuzilgan, uni hatto Bobbi Charlton ham topshirolmasdi. Men PFLning baʼzi qarorlari boʻyicha oʻz fikrimni aytdim, balki bironta gapim yoqmagan boʻlishi mumkin”, — dedi Abramov Championat.asia muxbiri bilan boʻlgan suhbatda

Eslatib oʻtamiz, bundan bir necha kun oldin Abramov OʻFF tomonidan kelasi yilda Oliy ligada 12ta jamoa qolishi haqidagi qarorga nisbatan ham oʻzining keskin noroziligini bildirgan edi. Murabbiy fikriga koʻra, bunday gʻoyani uning oʻzi ham, bir necha yil oldin, stadionlar va jamolar soni kam boʻlgan vaqtda qoʻllab-quvvatlagan boʻlsada, bugungi kunda — bu notoʻgʻri.

"Oʻtgan 9 yil ichida 9ta yangi stadion barpo etildi. Bu stadionlar kimlar uchun qurildi?
Hamma narsani yaxshi va yomon taraflari boʻladi. Buni yaxshilab oʻylab koʻrish kerak. Ahmoqona ishlarni qilmaslik kerak. Hamma narsani yaxshi tomonlarini olish kerak. Biz hamkorlikda ishlashga tayyormiz. Buni bir stol atrofida oʻtirib, maslahatlashish kerak. Toʻgʻrimi? Balki biz ham biror narsalarni bilarmiz. Yordamlasharmiz", — degan edi Vadim Abramov bir necha kun oldin.

Aytib oʻtish joizki, kelasi yilgi mavsumda Oliy ligada 12ta jamoa qolgan taqdirda "Neftchi" jamoasi ushbu jamoalar orasiga kirmasligi ehtimoli juda katta. Abramovning noroziligi bir tomondan shunday tushunsa ham boʻladi. Lekin ikkinchi tomondan dunyoning barcha mamlakatlarida bunday keskin oʻzgarishlar haqida jamoalar kamida 1 yil oldin ogohlantiriladi va ularga jamoa strategiyasini shunga moslashtirish imkoni beriladi.

Oʻzbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" klubi sobiq ustozi Vadim Abramov Fargʻonaning "neftchi" klubida 2017 yilning 1 iyunida ish boshlagan edi.

Asosiy mavzular