Marat Bikmayevning eng yaxshi gollari

© Federatsiya futbola UzbekistanaMarat Bikmayev stal futbolistom goda v Uzbekistane
Marat Bikmayev stal futbolistom goda v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘FF qaroriga ko‘ra, Marat Bikmayev 2017-yilning yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qilingan.

TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Rossiyaning Sports.ru portalida faoliyat yurituvchi "Uzbekskaya kuxnya" blogi Marat Bikmayevning eng yaxshi gollari videolavhasini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin O‘FF O‘zbekistonda 2017-yilning yilning eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi, futzalchisi va ayol futbolchisi nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblarni e’lon qilgan edi.

Unga ko‘ra, Toshkentning «Lokomotiv» klubi hujumchisi Marat Bikmayev 2017-yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. 

«O‘zbek futbolini rivojlantirishga hissa qo‘shgan eng yaxshi xorijiy murabbiy» nominatsiyasida «Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze g‘olib deb topildi. «Nafas» murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi.

«Olmaliq» o‘yinchisi Konstantin Sviridov yilning eng yaxshi futzalchisi, «Metallurg» vakilasi Lyudmila Karachik esa «Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi» nominatsiyasi g‘olibasi bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0