04:57 19 Yanvar 2018
Efir
Futbol. RFPL. Match Rubin (Kazan) - Dinamo (Moskva)

Yoshini kichraytirgan futbolchilar bir umrga futboldan chetlatildi

© Sputnik/ Maksim Bogodvid
Sport
Havola olish
37230

OʻFF: qonunbuzarliklar aniqlansa - qatʼiy ravishda jazolanadi, gʻirrom futbol bizga kerakmas!

TOSHKENT, 6 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston futbol federatsiyasi yoshini kichraytirib oʻsmirlar terma jamoasida toʻp surgan 5 nafar futbolchi bir umrga futboldan chetlatildi, deb xabar qilmoqda, federatsiya rasmiy sayti.

Bugungi kunda OʻFF respublika futbolida nohaqliklarni oldini olish va gʻirromliklarga barham berish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirmoqda.

Xususan, futbolchilarning yoshini kichraytirib koʻrsatish, hujjatlarni qalbakilashtirishga qarshi kurashish va ho kazolar. Ushbu illatlarning ildiziga bolta urish maqsadida, mavjud maʼlumotlar muntazam ravishda oʻrganilib, tahlil qilib borilmoqda.

Oʻtkazilgan tekshirig va tahlil natijasida bir qator noqonuniy holatlar aniqlangan:

Abdumutal Abdullayev — 2008 yil U-16 va 2011 yil U-19 Osiyo chempionatlarida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida qatnashgan. U oʻz tugʻilgan sanasini 19 sentyabr 1992 yil sifatida koʻrsatgan, aslida esa bu futbolchining ismi-sharifi tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi boʻyicha Nodir Teshabayev boʻlib, 1989 yil 4 oktyabr kuni tugʻilgan. Ayni paytda bu futbolchi hech qaysi jamoa tarkibida toʻp surmayapti;

Muhammadjon Abdullayev – 2010 yil Toshkentda oʻtgan U-16 Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida toʻp surgan.  U oʻz tugʻilgan yilini 1994 yil sifatida koʻrsatgan, aslida esa uning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasida tavallud kuni sifatida 23 noyabr 1991 yil koʻrsatilgan. Muhammadjon Abdullayev 2013 yili oʻz ismini Rasuljon Abdullayevga oʻzgartirib, Birinchi ligadagi “Xotira-79” jamoasida toʻp surib kelgan;

Ulugʻbek Davlyatov – 2012 yil U-16 Osiyo chempionatida hamda 2013 yil BAAda oʻtgan U-17 JChda Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida qatnashgan. U oʻz tugʻilgan yilini 1996 yil sifatida koʻrsatgan. Aslida esa tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi boʻyicha uning ismi Nuriddin Hasanov boʻlib, 1994 yil 20 iyul kuni tavallud topgan. Bu futbolchi shu paytga qadar “Surxon” jamoasida toʻp surib kelgan;

Zokir Ahmadaliyev — 2012 yil U-16 Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida toʻp surgan, oʻz tugʻilgan yilini 1996 yil sifatida koʻrsatgan. Aslida esa tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi boʻyicha bu futbolchining ismi Dilshod Ahmadaliyev boʻlib, 1994 yil 2 noyabr kuni tavallud topgan. Bu futbolchi “Bunyodkor” jamoasida toʻp surib kelgan;

Hasanov Burhon - “Buxoro” klubi yoshlar jamoasi futbolchisi. 2000 yil tugʻilgan deb koʻrsatilgan. Aslida esa 1998 yil tavallud topgan;

Yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilar Oʻzbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan bir umrga futboldan chetlatildi.

"Oʻzbekiston futbol federatsiyasi doimiy ravishda futboldagi gʻirromliklar, yosh kichraytirishlar va hujjatlarni soxtalashtirish bilan bogʻliq holatlarga qarshi kurash olib boradi. Oʻzbek futbolidagi har bir futbolchini shaxsan oʻzim tekshiraman. Agar qonunbuzarliklar aniqlansa, qatʼiy ravishda jazolanadi. Gʻirrom futbol bizga kerakmas”, — dedi Ahmadjonov.

Shuning OʻFF rahbari oʻz yoshini kichraytirib, chet elda toʻp surib yurgan futbolchilar haqida ham unda maʼlumotlar borligini va tez orada ular haqida ham batafsil maʼlumotlar eʼlon qilinishini aytib oʻtdi.

Shuningdek, futbolchilarni chet davlatlarga sotish boʻyicha qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan, katta pul ishlash maqsadida, futbolchini gʻirromlikka qoʻl urishga majbur qilgan futbol agentlari haqida maʼlumotlar toʻplangan va ularga qarshi tegishli choralar koʻrilishi eʼlon qilindi.

Asosiy mavzular