O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi narxiga uchta davlat terma jamoasini sotib olish mumkin

© twimg.comSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning narxiga birvarakayiga butun boshli Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston terma jamoalarini sotib olish mumkin

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Futbolchilar transferlari haqida ma’lumot beruvchi transfermarkt.de portali terma jamoalar va futbolchilarning narxlari haqidagi ma’lumotlarni yangiladi. Sputnik sobiq ittifoq mamlakatlari terma jamoalarining narxlarini solishtirib ko‘rdi.

Rossiya – 158 million yevro

Rossiya terma jamoasining eng qimmat futbolchisi asli braziliyalik bo‘lgan Mario Fernandes Figeyra — 16 million.

Shota Arveladze - Sputnik O‘zbekiston
Bikmayev – eng yaxshi futbolchi, Arveladze – eng yaxshi xorijlik murabbiy deb topildi

Ukraina – 77,95 million yevro

Ukraina termasi deyarli 78 million yevro turadi. Jamoaning eng qimmat futbolchisi esa Andrey Yarmolenko — 25 million.

Armaniston – 42,78 million yevro

Armaniston termasining narxi 42 milliondan oshadi. Eng qimmat o‘yinchi Genrix Mxitaran — 35 million yevro turadi.

Gruziya – 28,33 million yevro

Gruziya termasida eng qimmat futbolchi Valeriy Kazaishvili bo‘lib, uning narxi 2,5 million yevroga teng.

Qozog‘iston – 21,95 million yevro

Qozog‘iston termasidagi eng qimmat futbolchi Baurjan Islamxan hisoblanadi — 2 million yevro.

Bivshiy zashitnik FK Barselona i sbornoy Ispanii Karles Puyol - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga “Barselona” va jahon futboli afsonasi tashrif buyuradi

Belorussiya – 13,70 million yevro

Belorussiyaning eng qimmat futbolchisi Maksim Volodkoning narxi — 1,2 million yevro.

O‘zbekiston – 12,65 million yevro

O‘zbekiston terma jamoasining eng qimmat futbolchisi Odil Ahmedov 5,5 million yevro turadi. Uning narxiga birvarakayiga butun boshli Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston terma jamoalarini sotib olish mumkin.

Moldaviya — 10,23 million yevro

Moldaviya termasining narxi 10 million yevrodan oshadi. Eng qimmat o‘yinchi esa Aleksandru Yepuranu — 3,75 million yevro.

Ozarbayjon – 9,55 million yevro

Ushbu terma jamoada eng qimmat futbolchi asli braziliyalik Richard Almeyda bo‘lib, uning narxi 1,5 million.

Igrok FK Krasnodar i sbornoy Uzbekistana Odil Axmedov - Sputnik O‘zbekiston
Odil Ahmedov: Namanganlik iste’dodlar Rossiyaga ishlaganimas, o‘ynagani ketishi kerak

Litva – 8,88 million yevro

Litva – Boltiqbo‘yidagi eng qimmat terma jamoa. Jamoaning eng qimmat futbolchisi esa Fedor Chernix — 1,35 million yevro.

Latviya – 5,88 million yevro

Latviya termasida eng qimmat futbolchilar Davis Ikauniyeks va Kaspars Dubra —700 ming yevrodan.

Estoniya – 4,83 million yevro

Estoniya — Boltiqbo‘yidagi eng arzon terma jamoa. Tarkibdagi eng qimmat futbolchi Rauno Sappinen — 550 ming yevro.

Tojikiston — 1,75 million yevro

Tojikistonning eng qimmat o‘yinchilari Farhod Vosiyev, Davron Ergashev va Parviz Umarboyev bo‘lib, har biri 300 ming yevrodan baholanadi.

Qirg‘iziston – 1,53 million yevro

Qirg‘izistonning eng qimmat o‘yinchisi narxi 500 ming yevro bo‘lib, u Valeriy Kichin.

Turkmaniston – 1,18 million yevro

Butun boshli jamoaning narxi 1 million yevrodan salgina oshadi, eng qimmat o‘yinchi Ruslan Mingazov esa 700 ming yevro turadi.

Yangiliklar lentasi
0