Shohjahon Ergashevning vazn o‘lchash marosimida janjal kelib chiqdi

© UzABokser Shoxjaxon Ergashev
Bokser Shoxjaxon Ergashev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shohjahon Ergashev va Soni Fredrikson o‘rtasidagi jang 13-yanvar kuni ertalab AQShning Nyu-York shahridagi Turning Stone Resort Casino arenasida bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 12 yanv – Sputnik. O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev va uning raqibi amerikalik Soni Fredriksonning vazn o‘lchash marosimida janjal kelib chiqdi. Bu haqda olamsport.com xabar bermoqda.

Yutub kanalida joylangan videolavhada ikki raqib nigohlar to‘qnashuvi paytida o‘zaro bir-birlari bilan aytishib ketishgani va ularni ko‘pchilik bo‘lib ajratib qo‘yishgani aks etgan.

Shohjahon Ergashev va Soni Fredrikson o‘rtasidagi jang 13-yanvar kuni ertalab AQShning Nyu-York shahridagi Turning Stone Resort Casino arenasida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, amerikalik bokschi faoliyati davomida 18ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida g‘alabaga erishgan. O‘n ikkita jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Shohjahon Ergashev esa 11ta jangining barchasini muddatidan avval nokaut bilan yakunlagan.

Yangiliklar lentasi
0