06:42 19 Yanvar 2018
Efir
Shoxjahon Ergashev

Shoxjahon Ergashev Frederiksonni nokaut qildi

© ok.ru
Sport
Havola olish
84441

Oʻzbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev uchun esa bu 12 - nokautli gʻalaba boʻldi.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Bir necha soat oldin Nyu-Yorkdagi “Turning Stone Casino Resort” arenasida yakuniga yetgan boks jangida oʻzbekistonlik Shoxjahon Ergashev amerkalik Soni Frederikson ustidan gʻalaba qozondi.

Jangning birinchi daqiqasida Shoxjahon bergan zarbadan Frederikson “uchib ketib", ring arqonlariga urilib qaytib keldi… Balkim, bunga kecha bokschilar vazn oʻlchash marosimida boʻlgan kichik mojaro sababdir, lekin Shoxjahon shunchalik gʻazab va shijoat bilan jang qildi-ki, uning har bir zarbasidan raqib tebranib ketar, Frederiksonning qoʻl siltashlari esa Shoxjahonga pashsha chaqqandek ham boʻlmasdi.

Quyida sports.uz saytida joylashtirilgan ushbu jang videolavhasini oʻzbekcha sharh bilan tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, amerikalik Soni Frederikson shu kunga qadar 18 jang oʻtkazib ularning hammasida gʻalaba qozongan edi. Oʻzbekistonlik Shohjahon Ergashev uchun esa bu 12- nokautli gʻalaba boʻldi.

P.S. Soʻnggi damda olingan maʼlumotlarga qaraganda Frederikson ushbu jangdan keyin kasalxonaga tushgan. Aytishlariga qaraganda uning jagʻi singan.

Asosiy mavzular