Mingtepa yodgorligi turistlar uchun ochiladi

© "Novosti Uzbekistana"Mingtepa arxeologik yodgorligi
Mingtepa arxeologik yodgorligi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mingtepa shahri 70dan ortiq qadimiy yodgorliklarni o‘z ichiga oladi

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Andijon shahridan 38 kilometr uzoqlikda joylashgan qadimgi Mingtepa arxeologik yodgorligi 2017-yilda turistlar uchun ochiladi, deb xabar bermoqda "Novosti Uzbekistana".

Mingtepa shahri 70dan ortiq qadimiy yodgorliklar, sakkizta muqaddas qadamjo, yuzdan ortiq shifobaxsh buloqlarni o‘z ichiga oladi.

Uning hududida maydoni 41,2 gektarni tashkil etuvchi qadimiy qal’a joylashgan. Farg‘ona vodiysida eramizdan avvalgi IV-I asrlarda mavjud bo‘lgan boy Dovon davlatining poytaxti hisoblanmish Ershi (keyinchalik Mingtepa deb nomlangan) shahri topilmalari turistlarni hayratga solishi tabiiy.

Yangiliklar lentasi
0