O‘zbekistonda mehmonxona solig‘i kiritish muhokama qilinmoqda

Obuna bo‘lish
Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi mehmonxonalarda yashayotgan xorij fuqarolaridan kuniga 2 $ dan soliq olishni belgilaydigan qonun loyihasini taklif qildi.

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekiston turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi  hududidagi mehmonxonalarda yashayotganlardan kunlik soliq olish haqidagi qonun loyihasini taklif qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Muassasa, barcha mehmonxonalar, sayyohlik majmualari, dam olish maskanlari, pansionat, kemping va motellarni, yurta lagerlari, milliy uy uslubidagi mehmonxonalar va boshqa yashash joylari xizmatidan foydalangan sayyohlardan kuniga 2$ miqdorida mehmonxona boji kiritishni taklif qildi.

Poyi Kalon - Sputnik O‘zbekiston
Sayyohlar uchun vizalarni bekor qilish 2021-yilgacha kechiktirildi

Ushbu soliqni mehmonxonada yashayotgan har bir chet el fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va mamlakat hududida doimiy yashash joyi bo‘lmagan o‘zbekistonliklar ham to‘lashi kerak bo‘ladi.

Boj to‘lash tartibi oddiy bo‘ladi — har bir mehmonxona maxsus valyuta hisob raqami ochib, u yerda mehmonlardan olingan valyuta to‘planadi. Oy oxirida ushbu mablag‘ Davlat Turizm qo‘mitasi hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Tashabbuskorlar rejasiga ko‘ra, mehmonxona solig‘i turizm sohasini rivojlantirish uchun yaratilayotgan maxsus fondning asosiy moliya manbai bo‘ladi. Ushbu mablag‘ yangi loyihalar yaratish, kadrlar malakasini oshirish maqsadlarida ishlatiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Respublikada 730dan ortiq turoperatorlar va 550 ta mehmonxona va boshqa turar joylari faoliyat yuritmoqda.

Yangiliklar lentasi
0