Toshkentdan Issiqko‘lga turistik poyezd qo‘yiladi

Obuna bo‘lish
Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd 25-iyundan qatnay boshlaydi, u bir sutkadan ortiqroq yo‘l yuradi, bilet narxi esa 190 ming atrofida bo‘ladi

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik.O‘zbekiston va Qirg‘iziston yoz mavsumida "Toshkent — Issiqko‘l — Toshkent" turistik poyezdini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini muhokama qilmoqda, deb xabar beradi Sputnik muxbiri.

Hozirda ikki mamlakat temir yo‘l kompaniyalari ma’muriyatlari 451/452 raqamli poyezd harakatlanish jadvalini ishlab chiqishmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, poyezd 2017-yil 25-iyundan 3-sentabrga qadar qatnashi mo‘ljallangan. Lekin bu muddat o‘zgarishi ham mumkin, chunki yakuniy muddat mart oyi oxirlarida tasdiqlanadi.

Pansionat Dilorom na Issik-Kule - Sputnik O‘zbekiston
Issiq-ko‘ldagi O‘zbekiston pansionatlari nomi qirg‘izchaga o‘zgartirildi

Poyezd Toshkentdan yakshanba kunlari yo‘lga chiqadi va 27 soat yo‘l bosadi. O‘zbekiston poytaxtiga esa chorshanba kuni ertalab qaytib keladi.

Bundan tashqari, fevralda O‘zbekiston turistik firmalari, kasaba uyushmalari va Qirg‘iziston madaniyat, axborot va turizm vazirligi turizm departamenti, Qirg‘iziston kurortlar assotsiatsiyasi vakillari o‘rtasida ikki tomonlama turizmni rivojlantirish va poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili poyezd biletining minimal narxi 190 ming so‘mni tashkil etgandi. Yo‘lovchilarga plaskart va kupe vagonlari taklif etilgan, shuningdek, vagon-restoran ham mavjud edi. O‘shanda poyezd Qirg‘iziston poytaxi orqali o‘tar, Chimkent va Jambulda to‘xtab o‘tardi.

Yangiliklar lentasi
0