Sobiq elchi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

© Sputnik / Vadim ShekunMoskovskaya mejdunarodnaya vistavka Mitt "Puteshastviya i turizm"
Moskovskaya mejdunarodnaya vistavka Mitt Puteshastviya i turizm - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ravshan Usmonov Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining qaroriga ko‘ra, Ravshan Usmonov O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda bildirilishicha, Ravshan Usmonov Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.

U shu kunga Usmonov O‘zbekistonning Fransiya, Portugaliya va Italiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimlarida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0