11:58 27 Aprel 2017
Efir
Flag Kitayskoy Narodnoy Respubliki

Oʻzbekiston va Xitoy turizm boʻyicha kelishuv imzolaydi

© Flickr/ Max Braun
Turizm
Havola olish
6601

Hujjat Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning may oyida Xitoyga amalga oshiradigan tashrifi chogʻida imzolanishi rejalashtirilgan

TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Oʻzbekiston va Xitoy turizm sohasida hamkorlik boʻyicha hukumatlararo kelishuv tayyorlamoqda, deb maʼlum qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga hukumatdagi manba. Hujjat Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning may oyida Xitoyga amalga oshiradigan tashrifi chogʻida imzolanishi rejalashtirilgan.

"Kelishuv turizm sohasida ikki mamlakat hamkorligini jiddiy ravishda kengaytirishni koʻzda tutadi. Bu koʻplab jabhalar, jumladan, mamlakatlar viloyatlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatish, viza shartlarini yumshatish va yashil yoʻlaklar hisobiga turistik oqimlarni oshirish mexanizmini yaratish kabilarni qamrab oladi", — dedi suhbatdosh.

Bundan tashqari, uning aytishicha, hozirda Oʻzbekistonda Xitoydan keladigan turistik guruhlar uchun alohida sharoitlar yaratish imkoniyati koʻrib chiqilmoqda.

Bularning barchasi XXRning "Bir kamar — bir yoʻl" tamoyili va Buyuk Ipak yoʻli yoʻnalishi boʻylab tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirish loyihasi asosida amalga oshiriladi. Aniq takliflar orasidan Oʻzbekistonga 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatga kelgan xitoylik turistlar guruhlari uchun viza berishni koʻrib chiqish muddatini kamaytirish va yengillashtirish taklifi oʻrin olgan.

Yana bir yoʻnalish Buyuk Ipak yoʻli bilan bogʻliq hamkorlikdagi turistik tadbirlar va xalqaro turistik sayohatlar tashkil etish, ushbu yoʻl boʻylab joylashgan barcha mamlakatlar turistlari uchun viza berish jarayonini yengillashtirishdan iborat.

Oʻzbekiston va jahondagi eng soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlishni istasangiz, Sputnik Oʻzbekistonning Telegram-kanaliga obuna boʻling.

Asosiy mavzular