05:19 25 Noyabr 2017
Efir
Ozero Issыk-Kul

Oʻzbekiston Havo yoʻllari Issiq-koʻlga parvozlar yoʻlga qoʻyishi mumkin

© Sputnik/ Vladislav Ushakov
Turizm
Havola olish
238 0 0

Agar “Tomchi” aeroporti xalqaro xavfsizlik talablariga javob bersa “Oʻzbekiston Havo yoʻllari” parvozlarni boshlashga tayyor.

TOSHKENT, 22 apr – Sputnik. Oʻzbekiston Havo yoʻllari Qirgʻizistondagi Issiq-koʻl dam olish hududida joylashgan Tomchi earoportiga parvozlar amalga oshirishni boshlashi mumkin, deb xabar qildi kompaniya vakili.

Toshkentda Qirgʻiziston Madaniyat, axborot va turizm  vazirligi vakillari hamda Oʻzbekiston Havo yoʻllari kompaniyasi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda, tomonlar mamlakatlar orasida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish kerakligiga, xususan Issiq-koʻl hududiga charter parvozlarini amalga oshirish muhokama qilindi.

"Avvalombor, “Tomchi” aeroportining barcha xalqaro aviatsiya xavfsizlik standartlarga mos kelish-kelmasligini aniqlash kerak, undan keyin esa, buyurtmachilar boʻlgan taqdirda, Milliy aviakompaniya Issiq-koʻlga parvozlar amalga  oshirishga tayyor" — dedi Oʻzbekiston Havo yoʻllari vakili.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda “Oʻzbekiston Havo yoʻllari” Toshkent – Bishkek –Toshkent yoʻnalishida haftasiga ikki marotaba parvozlar amalga oshirmoqda. “Tomchi” aeroporti bugungi kunda Osh, Olma-Ota va Novosibirskdan doimiy parvozlarni qabul qilmoqda.     

Uzunligi 182, kengligi 58 km boʻlgan Issiq-koʻl koʻli dengiz sathidan 1600 metr balandlikda joylashgan.  Barcha tomondan  togʻlar bilan oʻralgan koʻlning oʻrtacha chuqurligi 278 metr. Issiq-koʻlda odam eng gavjum vaqti iyul oyidan – sentyabr oyigacha. Har yili Issiq-koʻl pansonatlarida 1,5 millionga yaqin kishi dam oladi.

Issыk-kul
Issiq-koʻlning koinotdan koʻrinishi. NASA fotosurati

 

Asosiy mavzular