17:09 21 Sentyabr 2017
Efir
Shanxay

Oʻzbekistonda xitoy tilini biladigan gidlar koʻpayadi va Xitoycha telekanal ishga tushiriladi

© Sputnik/ Aleksandr Vilf
Turizm
Havola olish
18610

Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasida sayyohlikni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. 2017 yil 26 aprel kuni Pekin shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari Ravshan Usmonov va Xitoy Xalq Respublikasi Turizm ishlari davlat boshqarmasi raisi oʻrinbosari Du Tszin bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda Xitoy va Oʻzbekiston sayyohlik kompaniyalari bilan ikki tomonlama hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr va tajriba almashish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda R.Usmonov, mamlakatda turizm salohiyatini tubdan oshirish, tarixiy-madaniy merosini keng targʻib qilish, ekologik turizm turlarini koʻpaytirish, sarguzasht va togʻli hududlarga qiziqarli sayohatlarni tashkillashtirish boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilganligi aytib oʻtildi. Ushbu turizmni rivojlantrish istiqbolli yoʻnalishlar, davlat rahbariyati tomonidan belgilab berilgan Oʻzbekistonda strategik rivojlantirishning yaxlit kontseptsiyasi asosida amalga oshirilmoqda"- deb qoʻshimcha qildi u.

Du Tszin soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak baholab, ikki davlat turizm sohasidagi idoralararo uchrashuvi tashkil etishishi buning yaqqol isbotidir. Shuningdek, Buyuk ipak yoʻli brendini targʻib qilish maqsadida BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO)ning Buyuk ipak yoʻlidagi mintaqaviy markazi ochilishi ahamiyatga molik ishdir. Bu ishlarning barchasi turizm sohasida Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikning natijadorligini oshiradi.

Oʻzbekiston turizm sohasini rivojlantirish va uning imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi:

— Xitoy turizm operatorlarini tanishuv turlarini Oʻzbekistonga amalga oshirish, xodimlarni Xitoydan Oʻzbekistonga joʻnatish;

— Xitoy turizm operatorlari bilan ishchi uchrashuvlarini tashkillashtirish;

— joriy yil 20-22 oktyabr kunlari Xitoyning Kunmin shahrida oʻtkaziladigan "China International tourism market" koʻrgazmasida Oʻzbekiston vakillarining ishtirokini taʼminlash;

— Oʻzbekiston vizasini olish tartibini soddalashtirish;

- Xitoylik sayohatchilari bank kartalaridan Oʻzbekiston hududida foydalanish imkoniyatini yaratish;

— Oʻzbekistonda Xitoy tilida soʻzlovchi turistlarga tushuntirish beruvchilarni koʻpaytirish va xitoy tilida telekanal ochish;

— Sharqiy Yevropa davlatlari ishtirokidagi turizm ittifoqi singari Markaziy Osiyo davlatlari turizm ittifoqini tuzish,

— Xitoyda Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakolatxonasini ochish.

Bu kabi uchrashuvlar Xitoy va Oʻzbekiston turizm sohasini rivojlantirish, sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish va yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, deyiladi Oʻzbekturizm matbuot-xizmati xabarida.

Asosiy mavzular