O‘zbekistonda turistlar uchun mobil ilova yaratildi

Obuna bo‘lish
Mazkur ilova foydalanuvchilarga Toshkentning diqqatga sazovor maskanlarini panorama shaklida ko‘rish imkonini beradi

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. TATU qoshidagi "ProLab Android" o‘zbek-hind axborot texnologiyalari markazi dasturchilari UzVisit.com sayti asosida mobil ilova yaratishdi, deb xabar qilmoqda "Podrobno.uz".

Turizm - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda turizmga bag‘ishlangan gazetaning ilk soni nashr qilindi

Mazkur ilova foydalanuvchilarga Toshkentning diqqatga sazovor maskanlarini panorama shaklida ko‘rish imkonini beradi. UzVisit ilovasi orqali nafaqat me’moriy yodgorliklar, balki restoranlar, mehmonxonalar, savdo markazlari suratlarini ham ko‘rish mumkin.

Foydalanuvchilar shuningdek, muassasalar haqida umumiy ma’lumot va ularning xaritadagi joylashuvlari to‘g‘risida ham ma’lumotga ega bo‘lishadi. Ushbu ilova O‘zbekistonda turizmning rivojlanishiga hissa qo‘shishi e’tirof etilmoqda.

UzVisit ilovasi Google Play va AndroidBozor resursiga joylashtirilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0