17:11 21 Sentyabr 2017
Efir
Mejdunarodnыy aeroport «Urgench»

Urganch aeroportiga Frantsiya va Italiyadan charter reyslari boshlandi

© Natsionalnaya Aviakompaniya Respubliki Uzbekistan
Turizm
Havola olish
7011

Charter reyslarda keluvchi chet ellik sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida "Urganch" xalqaro aeroportida sayyohlar uchun axborot ofislari va pul ayirboshlash punktlari tashkil qilingan

TOSHKENT, 2 may — Sputnik. Kuni kecha Urganch xalqaro aeroportiga yana Parij-Urganch va Milan-Urganch yoʻnalishi boʻylab charter reyslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Xorazm viloyatiga har hafta mazkur reyslar orqali Frantsiya va Italiyadan 400ga yaqin sayyohlar tashrif buyurmoqda.

Charter reyslarda keluvchi chet ellik sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida "Urganch" xalqaro aeroportida sayyohlar uchun axborot ofisi va pul ayirboshlash punktlari tashkil qilingan. Axborot ofisida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari sayyohlarga xizmat koʻrsatmoqda.

"Bu havo qatnovlari orqali viloyatga Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan tashrif buyuruvchi chet elliklardan boʻlgan talab ortib borayotgani sababli xususiy sayyohlik kompaniyalari yana qoʻshimcha charter reyslar tashkil qilishni ham rejalashtirishmoqda", deyiladi xabarda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular