06:00 28 May 2017
Efir
Mejdunarodnыy biznes-tsentr v Tashkente

Toshkent rossiyalik sayyohlarning sevimli shaharlari oʻntaligidan joy oldi

© IBC
Turizm
Havola olish
232 0 0

Toshkent shahri roʻyxatning sakkizinchi qatoriga joylashdi. Bu yerda rossiyalik sayyoh ikki kun turish uchun 2500 rubl sarflaydi.

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. TurStat tahliliy agentligi rossiyalik turistlar orasida 2017 yil may oyining birinchi oʻn kunligi boʻyicha MDH va yaqin chet el mamlakatlariga sayohat qilish maʼqul koʻriladigan mashhur shaharlarni eʼlon qildi.

Roʻyxatda MDH davlatlari orasida birinchilikni Minsk shahri egalladi.

Toshkent shahri roʻyxatning sakkizinchi qatoriga joylashdi. Bu yerda rossiyalik sayyoh ikki kun turish uchun 2500 rubl sarflaydi.

Quyida MDHdagi eng ommabop shaharlar oʻntaligi berilmoqda:

1. Minsk (Belorusiya)

2. Tbilisi (Gruziya)

3. Olmaota (Qozogʻiston)

4. Boku (Ozarbayjon)

5. Ostona (Qozogʻiston)

6. Yerevan (Armaniston)

7. Kiyev (Ukraina)

8. Toshkent (Oʻzbekiston)

9. Bishkek (Qirgʻiziston)

10. Kishinyov (Moldova)

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular