03:35 15 Dekabr 2017
Efir
Zapovednik Ichan Kala . Gorod Xivы

Mirziyoyev Xiva va Xorazmga keladigan turistlar sonini 2 baravarga oshirmoqchi

© Commons.wikimedia/ Patrickringgenberg
Turizm
Havola olish
25410

Oʻzbekiston prezidenti 2017-2021 yillarga moʻljallangan Xiva shahri va Xorazm viloyatining turistik salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturini imzoladi

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Hujjat Xiva shahri va Xorazm viloyatining turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish va yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilindi, deb xabar beriladi davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan.

Natijada 2017-2021 yillar davomida turistik xizmatlar eksporti hajmi 2,3 baravarga, tashrif buyuradigan turistlar soni esa 2,1 baravarga oshadi. Viloyatning zamonaviy turistik infratuzilmasini rivojlantirish tezlashtiriladi, koʻrsatiladigan turistik, mehmonxona va transport xizmatlari sifati yaxshilanadi. Turistik soha boʻyicha kadrlar tayyorlash tubdan yaxshilanib, yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Viloyatda respublikaning asosiy turistik markazlari bilan bogʻlovchi temir yoʻl liniyasi qurilishi, charter reyslarini tashkil etish va Yevropa, Osiyo, MDH davlatlaridan boʻladigan muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Urganch-Xiva yoʻnalishida turistlar uchun yuqori darajadagi qulaylikka ega boʻlgan avtobuslarda tashkiliy qatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, Xorazm viloyatining turistik salohiyatini oshirish va insoniyatning eng qadimiy tarixiy-madaniy yodgorliklaridan biri boʻlgan Xiva shahri brendini tanitish maqsadida MDH, xorijning yetakchi kanallari, ommaviy ijtimoiy tarmoqlar, internet tarmogʻida keng reklama kampaniyasi oʻtkaziladi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular