18:33 23 Oktyabr 2017
Efir
Samarqanddagi turistlar

Yapon OAV: Oʻzbekiston - Markaziy Osiyo turizmi markazi

© Flickr / Prashant Ram
Turizm
Havola olish
165 0 0

Markaziy Osiyo davlatlari qadim davrdan Yaponiya bilan Ipak Yoʻli boʻylab savdo va madaniy aloqalar olib borgan va xozirga kelib xam Yaponiya aholisi ushbu mintaqadagi tarixiy shaharlar va yodgorliklar xaqida yaxshi maʼlumotga egalar

TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Yaponiyaning "ROTOBO" jurnali fevral sonida "Turizmni rivoylantirishda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi UNESCO madaniy merosi obʼyektlarining oʻrni: mintaqaning turizm markazi — Oʻzbekiston misolida" nomli maqola chop etildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.

Qayd etilishicha, maqola muallifi Mizuki Chuman Yaponiyaning Rossiya va MDX mamlakatlari bilan savdo uyushmasi yetakchi ilmiy tadqiqotchisi sanaladi.

Ushbu maqolada soʻnggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarida turizmni rivojlantirish boʻyicha tadbirlar shiddat bilan oʻtkazilayotgani xamda xar bir mamlakat oʻziga xorijlik sayyoxlarni jalb qilish boʻyicha boshlagan tadbirlar tahlil qilinadi.

Oʻzbekiston xukumati yangi saylangan prezident tashabbusi bilan, sohaga eʼtibor va sayyohlar oqimini oshirish uchun viza talabini bosqichma-bosqich dunyoning rivojlangan 27 mamlakati, shu jumladan, Yaponiya fuqarolari uchun bekor qilish rejasi tadqiqodchi tomonidan ijobiy baholangan.

Markaziy Osiyo davlatlari qadim davrdan Yaponiya bilan Ipak Yoʻli boʻylab savdo va madaniy aloqalar olib borgan va xozirga kelib xam Yaponiya aholisi ushbu mintaqadagi tarixiy shaharlar va yodgorliklar xaqida yaxshi maʼlumotga egalar.

Tadqiqodchi xulosasiga koʻra, Markaziy Osiyoda turizm sohasida yetakchi mavqeini mustaxkamlash uchun mamlakat YUNESKO eʼtirofidagi yodgorlik obʼyektlari koʻpligi, Ipak Yoʻli brendi orqali tanilgan shaharlari jozibasi, zamonaviy transport infratuzilma imkoniyatlari beradigan ustunliklardan oqilona foydalanishi zarur. Xususan, yapon sayyohlari uchun sayohatni rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirish, mamlakatlar oʻrtasidagi charter parvozlarni tashkil etish, sayyohlar ehtiyojidan kelib chiqib sayohat marshrutlarini tuzish Kunchiqar mamlakatdan turistlar oqimiga ijobiy taʼsir qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va ikki mamlakat xususiy turfirmalari hamkorlikda 2017 yil mobaynida Yaponiyadan toʻgʻridan-toʻgʻri Samarqand shahri aeroportiga 10 charter parvozlarini amalga oshirishga kirishdi. Aprel oyining oʻzida faqat shu 3 ta reys bilan 750 nafar yapon sayyohi Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

Asosiy mavzular