05:19 25 Noyabr 2017
Efir
Toshkent

Toshkent - rossiyalik sayohatchilar orasida eng mashhur shahar deb topildi

© Sputnik/ Valeriy Melnikov
Turizm
Havola olish
35220

2017 yilning birinchi choragi davomida rossiyalik sayyohlar orasida talab katta boʻlgan shaharlar aniqlandi. Oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, eng mashhur 10 ta shahar orasida Toshkent ham bor

TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Oʻzbekiston poytaxti rossiyalik sayohatchilar orasida Mustaqil Davlatlar hamdoʻstligi shaharlari ichidagi eng mashhur maskan deb topildi, deb xabar berdi "Jahon" AA.

Xabarda taʼkidlanishicha, tadqiqot Rossiyaning "TurStat" tahlil agentligi tomonidan olib borilgan. Mehmonxonalarning onlayn bron qilinishini oʻrganishi asosida Rossiya sayyohlari orasida Hamdoʻstlik va Yaqin Sharq davlatlarining 2017 yilning birinchi choragi davomida talab katta boʻlgan shaharlari aniqlangan. Tadqiqot natijalariga koʻra, eng mashhur 10 ta shahar orasida Toshkent ham bor.

Agentlik ekspertlari eʼtiboridan mamlakat bilan uning milliy oshxonasini oʻrganish hamda gastronomiya turizmi ham chetda qolmadi. "TurStat" tahlillar asosida 2017 yilda sayyohlikning ushbu turi boʻyicha rossiyalik sayyohlar oʻrtasida eng ommalashgan yoʻnalishlar reytingini tuzdi.

Shunday qilib, oʻzining betakror, xilma-xil va mazali milliy taomlari bilan shuhrat qozongan Oʻzbekiston Rossiyada talab eng katta boʻlgan yoʻnalishlar beshtaligidan joy oldi. Agentlikning maʼlumotlariga koʻra, rossiyaliklarning Oʻzbekistonga gastronomiya turizmi yoʻnalishidagi safari oʻrtacha bir haftani tashkil etadi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular