17:12 21 Sentyabr 2017
Efir
Buxara

Buxoro va Xitoyning Loyan shahri oʻzaro birodarlashadi

© Flickr / Aleksandr Zykov
Turizm
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi (30)
12510

Buxoro va Xitoyning qadimiy shahri oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish haqidagi taklifni XXR raisi Si Tszinpin Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida bildirgandi

TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Tez orada Buxoro va Xitoyning Loyan shahri birodarlashgan shaharlarga aylanishlari mumkin, deb yozadi Podrobno.uz. Buxoro va Xitoyning qadimiy shahri oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish haqidagi taklifni XXR raisi Si Tszinpin 2016 yil 22 iyunda Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida bildirgandi.

Loyan 5 ming yillik tarixga ega boʻlib, atrofdagi shaharchalar bilan birgalikda aholisi 6,5 mln kishini tashkil etadi. Bu shahar qadimiy obidalar, zamonaviy universitetlar, muzeylarga boy.

Buxoro shahri Orexovo-Zuyevo (Rossiya), Santa-Fe (AQSH), Bonn (GFR), Rual-Malmezon (Frantsiya), Kordova (Ispaniya), Izmir (Turkiya) shaharlari bilan birodarlashgan. Loyan esa Tolyatti (Rossiya), bir qator Yaponiya va Frantsiya shaharlari bilan birodarlik aloqalarini oʻrnatgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi (30)

Asosiy mavzular