15:36 25 Iyun 2017
Efir
Samarqanddagi Sherdor madrasasi

Endi "Oʻzbekturizm" rahbarining xorijiy maslahatchilari boʻladi

Iz lichnogo arxiva Sergeya Aksenova
Turizm
Havola olish
125 0 0

Taʼkidlanishicha, xorijiy mutaxassislar Oʻzbekiston turizm imkoniyatlarini xalqaro sayyohlik bozorlarida qanday qilib targʻib qilishni yaxshiroq bilishadi. Ular turizm sohasida roʻy berayotgan oʻzgarishlarga oʻz bilim va malakalari asosida yondoshadilar

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Raisiga 2 nafar xorijiy mutaxassis-maslahatchilarni jalb etish masalasi koʻrib chiqilmoqda, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muhbiriga Vazirlar Mahkamasi xodimi.

"Xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekistonga taklif qilish shu bilan asoslanadiki, ular Oʻzbekiston turizm mahsulotlari va xizmatlarini qanday qilib xorijiy mamlakatlarda targʻib qilishni yaxshiroq bilishadi. Ular turizm sohasida roʻy berayotgan oʻzgarishlarga oʻzlarining boy tajribasi va bilimlari asosida yondoshadilar. Biz hozirgi kunda Tashqi ishlar vazirligidan Oʻzbekistonga kelib, oʻzoq muddatda ishlay oladigan yetakchi nomzodlar roʻyxatini oldik. Hozirgi kunda ular tomonidan taqdim etilgan sharoitlar boʻyicha aniq takliflar tayyorlanmoqda, muzokaralar olib borilmoqda,"- deb taʼkidladi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xodimi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xodimi soʻzlariga koʻra, tanlab olingan nomzodlarning koʻpchilik qismi Oʻzbekistonga oʻz jamoasi bilan kelib ishlashga tayyor ekanliklarini bildirishgan. Bu oʻz navbatida ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Hozirgi kunda ushbu masalalar mutasaddi vazirliklar bilan kelishilmoqda.

Yana bir muhim jihati shuki, hukumat tomonidan turizm sohasida yagona boʻlgan xorijiy korxonasini tanlash masalasi dolzarb boʻlib turibti. Mazkur korxona tomonidan jahonning turli bozorlarida Oʻzbekiston turizm imkoniyatlarini targʻib qilinadi.

"Tanlab olingan korxona tomonidan Oʻzbekiston turizm imkoniyatlarimizni jahon bozorlarida keng targʻibot qilish boʻyicha oʻzoq muddatga moʻljallangan Kontseptsiya ishlab chiqilishi talab etiladi. Kontseptsiyani amalga oshirish mexanizmi boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqiladi. Hozirgi kunda eng dolzarb boʻlgan yoʻnalishlarimiz bu — Xitoy, Yevropa, Rossiya va Janubiy Osiyo davlatlari," — deb taʼkidladi suhbatdoshimiz.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular