18:32 23 Oktyabr 2017
Efir
Samarqand

Samarqandga kelgan turistlar eng mashhur oʻzbek filmlarini tomosha qiladilar

© uzbektourism.uz
Turizm
Havola olish
110 0 0

2017-yilning ikkinchi yarmidan mazkur amaliy tajribani respublikaning boshqa turistik hududlarida ham yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Sayyohlarga badiiy va hujjatli filmlar namoyish qilinadi, deb xabar qildi "Oʻzbekkino" milliy agentligi matbuot-xizmati.

"Oʻzbekkino" Milliy agentligi Madaniyat vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda Samarqand shahriga tashrif buyuruvchi yurt fuqarolari hamda chet ellik sayyohlar uchun Oʻzbekistonning boy madaniy meʼrosi, anʼanalari, folklori, tarixiy shaxslari va obidalari hamda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni aks ettiruvchi turli hujjatli filmlar, shuningdek, "Oltin fond"ga kiritilgan tarixiy filmlar va xalqaro kinofestivallarda muvaffaqiyatli qatnashgan milliy badiiy filmlarning oʻzbek va rus tillarida (ingliz tilida subtitrlar bilan) maxsus namoyishi yoʻlga qoʻyilmoqda, deyilgan xabarda.

Dokumentalnыe i xudojestvennыe filmы Uzbekkino
Dokumentalnыe i xudojestvennыe filmы "Uzbekkino"

Bu maqsadda yuqoridagi mazvularda turli yillarda suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar roʻyxati shakllantirilib, "Oʻzbekkino" Milliy agentligining ekspertlari tomonidan saralab olingani taʼkidlangan.

Filmlar shahardagi "Sharq Yulduzi" kinoteatri (Navoiy koʻchasi, 40-uy); Samarqand shahar tarixi Afrosiyob muzeyi (Toshkent yoʻli koʻchasi, 7-uy) hamda viloyat Oʻlkashunoslik muzeyi (Jomiy koʻchasi, 56-uy)da namoyish qilinadi.

Hozirgi kunda "Sharq Yulduzi" kinoteatri namoyishlarga tayyor holga keltirildi, qolgan obʼyektlarda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, deb qoʻshimcha qilingan xabarda.

Qayd etilishicha, 2017-yilning ikkinchi yarmidan mazkur amaliy tajribani respublikaning boshqa turistik hududlarida ham yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular