02:06 29 Iyun 2017
Efir
privet s kanatnoy dorogi Chimgan

Chimyon - MDHda eng ommabop oromgohlar beshtaligiga kirdi

© Alla Gajeva
Turizm
Havola olish
205 0 0

TurStat agentligi MDHda sayyohlik sohasida tahliliy tadqiqot oʻtkaziladi. Ushbu agentlik tomonidan 2017 yil yoz mavsumida dam olish uchun eng yaxshi boʻlgan togʻ oromgohlari reytingi tuzildi. Unda Oʻzbekistonning Chimyon dam olish maskani ham joy oldi

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. MDH hududida joylashgan eng ommabop togʻ oromgohlari beshtaligida Qozogʻiston, Ozarbayjon, Armaniston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston dam olish maskanlari oʻrin olgan.

TurStat reytingidan Chimbuloq (Qozogʻiston), Shaxdag (Ozarbayjon), Tsaxkadzor (Armaniston), Chimyon (Oʻzbekiston) va Qorakoʻl (Qirgʻiziston) oromgohlari oʻrin olgan. Reyting uchun maʼlumot toʻplashda, mehmonxonalardagi onlayn bron tizimi statistik maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Narxi qimmat boʻlmagan dam olish maskanlar asosan Qorakoʻlda va Chimyonda yashash va ovqatlanish harajatlari hisoblangan holda, bir kunlik hordiq narxi 70 dollarni tashkil etadi. Shuningdek, narxi eng qimmat boʻlgan togʻli dam olish maskanlar roʻyxatida Chimbuloq (bir kunlik hordiq narxi 100 dollardan ortiq), Shaxdag (oʻrtacha narxi 90 dollar) hamda Tsaxkadzor (oʻrtacha narxi 80 dollar) joy olgan.

TurStat eʼtirof etishicha, odatda, togʻ dam olish maskanlarda sayyohatchilar oʻrtacha 7 kun dam olishadi. Dam olish dasturiga togʻ sayllari (trekking), togʻli yoʻllarda avtomashina, velisoped yoki kvadrotsikl haydash yoki otda yurish, shuningdek, basseyn, sauna, SPA hamda trenajyor zallarida vaqt oʻtkazish oʻrin olgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular